Akustik qarshilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akustik impedansdan yoʻnaltirildi)

Akustik qarshilik, akustik impedans -akustik tizimlar tebranishlarini oʻrganish maqsadida kiritiluvchi kompleks qarshilik. Akustik qarshilik tovush bosimining zarra (qaytaruvchi sirtga tik yoʻnalishda harakatlanayotgan zarra) tez-ligiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu fizik kattalik elektrotexnikada uchraydigan impedans (toʻla qarshilik) tushunchasi kabi aktiv Ra va reaktiv Xp Akustik qarshilik umu-miy yigindisidan iborat. Tizimdagi ishkalanishlar va atrofga nurlanadigan akustik energiya tufayli aktiv akustik karshilik, inersiya kuchlari (massalar) yoki elastik kuchlar reaksiyasi taʼsirida reaktiv Akustik qarshilik hosil boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil