Aktivlik qatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aktivlik qatori, kuchlanishlar qatori – metallarning elektrolit eritmalaridagi normal potensiallarining ortib boradigan tartibda joylanishi: Li, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cr, Fe, Cd, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au Aktivlik qatori ga taqqoslash maqsadida, metallardan tashqari, vodorod (potensiali nolga teng deb qabul qilingan) ham kiritiladi. Aktivlik qatori da muayyan oʻrinda turgan metall oʻzidan oʻngda turgan (potensiali musbatroq) metallarni ularning birikmalaridan siqib chiqaradi. Mac, toʻtiyo (mis kuporosi) eritmasiga rux tashlansa, rux misni uning birikmasidan ajratib chiqaradi. Vodoroddan chapda turgan (potensiali manfiyroq) metallar vodorodni uning birikmasidan (mas, kislotadan) siqib chiqaradi. Tarkibida bir qancha metall tuzlari boʻlgan eritma elektroliz qilinsa, katodda avvalo Aktivlik qatori da oʻngda turgan metall ajralib chiqadi. Metallarning qotishmasida avval Aktivlik qatori da chapda turgan element korroziyalanadi. Metallmaslarning ham oʻziga xos kuchlanishlar qatori mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil