Aksiyadorlik kapitali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlar jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan kor-porativ mulk hisoblanadi. Aksiyadorlik kapitali tarkibi Nizom (Us t a v) kapitali, qo‘shimcha kapi-tal, rezerv fondidan va taqsimlanmagan foydadan iborat. Aksiyadorlik kapitali asosini Nizom kapitali tashkil etadi. Nizom kapita-li jamiyat tashkil etilgan chog‘da uning mol-mulkiga aksiyadorlar qo‘shgan ulush bo‘lib, pulga chaqib hisoblanadi. Bu ka-pital ma’lum miqdordagi aksiyalardan iborat bo‘lib, uning ta’sischilari orasida taqsimlanadi. Aksiyadorlik kapitali Nizom kapita-lidan tashqari qo‘shimcha aksiya chiqarib, jalb etilgan kapitaldan va kapitallashgan daromad hisobiga o‘sib boradi. Aksiyadorlik jamiyat beradigan dividend kapitallashganda Aksiyadorlik kapitali ga kelib qo‘shiladi. Aksiyadorlik kapitali pul shaklida chiqarilgan aksiyalar summasidan, moddiy shaklda jamiyat faoliyatini ta’minlovchi mol-mulkdan iborat bo‘ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil