Akshehir Katta masjidi
| Masjid | |
| Akshehir Katta masjidi | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Markaziy Anadolu mintaqasi, Konya viloyati |
| Shahar | Akshehir |
| Joylashuvi | Dudukadın koʻchasi |
| Koordinatalar | 38°21′22″N 31°24′42″E / 38.35611°N 31.41167°E |
| Yoʻnalishi | sunniylik |
| Binokorlik sanasi | 1213-yil |
| Minoralar soni | 1 |
| Minoralar soni | 1 |
| Holati | amaldagi |
Akshehir Katta masjidi (turkcha: Akşehir Ulucami) – Turkiyaning Akshehir shahridagi tarixiy masjid.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Konya viloyatining Akshehir ilchesi (tuman), Dudukadın koʻchasida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning aniq qachon qurilgani maʼlum emas, minora poydevoridagi yozuvga koʻra, bino 1213-yil yoki undan oldinroq bunyod etilgan boʻlishi kerak[1]. Masjid minorasi Abu Said Ibrohimning koʻrsatmasiga binoan qurilgan. Uning qurilish sanasi Koʻniya sultoni Kaykovus I ning hukmronlik (h. 1211–1220) davriga toʻgʻri keladi. Saljuqiylar hukmroni Alouddin Qayqubod I (1220–1237) davrida masjid kengaytirilgan. Keramika bilan qoplangan mehrob keyinchalik XV asrda qoʻshilgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari favvora va hovlidagi shodirvon ham XIX asrda Usmoniylar imperiyasi davrida yaratilgan. Favvoradagi yozuvga koʻra, u 1811-yilda chihanbeylilik Yarali Yusuf topshirigʻiga koʻra qurilgan[2].
Bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning toʻrtburchak shaklidagi maydoni hovli va minorani hisobga olmaganda 1,200 m2 (13,000 kv ft)ni tashkil qiladi. Shimoli-sharqiy tarafda joylashgan minoraning umumiy yer maydoni 4.8 m2 (52 kv ft). Masjid qurilishida kesma va moloz toshlardan foydalanilgan[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Akshehir Katta masjidi haqida turkum mavjud |
