Aksept

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksept (lot. acceptus — qabul qilingan) — 1) fuqarolik huquqida ta-klifda (ofertada) koʻrsatilgan shartlar-285da shartnoma tuzishga rozilik bildirish; xalqaro huquqda shartnoma shartlari bilan bogʻlanganlik toʻgʻrisida bir tomonla-ma ariza; 2) naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitobning asosiy shakli; tovarlar, xizmatlar, bajarilgan ishlar xaqini taqdim etilgan toʻlov talabno-masiga muvofiq toʻlashga rozilik yoki toʻlashni kafolatlash. Mahsulot (xizmat) yet-azib beruvchi tomonidan toʻlov ta-labnomasi yozilib, toʻlov summasini xa-ridor hisob varagʻidan oʻz hisob varagiga oʻtkazish uchun bankka taqdim etiladi. Bankda toʻlov talabnomasini qondirish toʻlovchi A. (roziligi) bilan oʻtkaziladi. Belgilangan qoidaga koʻra toʻlovchi ta-labni A. qilishi yoki yozma ravishda rad etishi mumkin. A.ni asossiz rad etgan toʻlovchi yetkazib beruvchi hisobiga jari-ma toʻlaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil