Aks shuʼla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aks shu’ladan yoʻnaltirildi)

Aks shu’la — osmonning Quyoshga diametrial qarama-qarshi tomonida tumansimon, yoyiq dogʻday koʻrinadigan kucheiz shu’la. Sayyoralararo changga tu-shayotgan quyosh nurlarining qaytishidan hosil boʻladi. Aks shuʼlani faqat oydinsiz, tim qorongʻi va havo ochiq tunlarda, mart-aprel hamda sentabr-oktabr oylarida kuzatish mumkin. U Kavkaz va Oʻrta Osiyo hududlarida yaxshi kuzatiladi. Aks shu’la yorqinligi tungi osmon yorqinligidan 10-15% ortiq. Aks shu’laning yorqinligi va shakli quyosh nuri faolligiga qarab oʻzgarib turadi. Aks shu’la tabiati hali yaxshi oʻrganilgan emas.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil