Akril yelimlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akril yelimlar — akril va me-takril kislotalarning hosilalari asosida polifunksional birikmalar (poli-efirakrilat) qoʻshish yoʻli bilan olinadigan polimer yelimlar. Ular yuqori temperaturada erimaydigan va yumshamaydigan termo-reaktiv yelimlar boʻlib, organik shisha, dyuralyuminiy, poʻlat, shisha, tekstolit 268va fanerlarni yelimlashda qoʻllaniladi. 2sianmetilakrilat asosida tayyorlangan Akril yelimlar yogʻoch, shisha, metall, rezina, charm, qogʻoz, chinni va plastmassani xona temperaturasida bir necha oʻn sekundda mustahkam yopishtirish xususiyatiga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil