Oqmoʻla (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akmola (lalawigan)dan yoʻnaltirildi)
Oqmoʻla viloyati
Ақмола облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Koʻkshetov shahri
Yirik shaharlari Koʻkshetov, Stepnogorsk, Shuchinsk
Asos solingan sanasi 1939-yil
Akim Aytmuhametov Qoʻsman Qayirtayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 734,145[1] (11-oʻrin)
Zichligi 5,00 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar — 43,5%
ruslar — 36,5%
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 146 219 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7162 xx-xx-xx[2]
Pochta indeksi 02xxxx[3]
Avtomobil raqami kodi O,C,03
Rasmiy sayti http://www.akmo.kz/
Xaritada
Oqmoʻla viloyati xaritada
Oqmoʻla viloyati, Xarita
Koordinatalari: 52°0′0″N 69°0′0″E / 52.00000°N 69.00000°E / 52.00000; 69.00000 G O

Oqmoʻla viloyati - Qozogʻistondagi viloyat (1961-yilgacha Akmolinsk). 1961—92 yillarda Selinograd, 1992-yildan Oqmoʻla viloyati). 1939-yilda tashkil etilgan. Maydoni 155,1 ming km2. Aholisi 731 398 kishi (2012), qozoq, rus, nemis, ukrain, belorus, tatar, udmurt, boshqird, mordva, uygʻur, koreys va boshqalar yashaydi. 13 tuman, 7 shahar, 12 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Koʻkshetov shahri (1999-yildan buyon). Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor.[4]

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqmoʻla viloyati Qozogʻiston past togʻlarining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan. Hududining katta qismi toʻlqinsimon tekislik. Mutlaq balandligi 300–400 m. Sharkala Yermentov togʻlari (eng baland joyi — 897 m), janubi-gʻarbida Tengiz-Qurgʻaljin botigʻi joylashgan. Foydali qazilmalari: oltin, boksit, surma, mis, toshkoʻmir, gil, kvars qumi. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Iyulning oʻrtacha harorati 20 °C, yanvarniki — 18 °C. Yillik yogʻin 300 mm. Eng katta daryosi — Ishim. Koʻl koʻp. Oqmoʻla viloyatining shimoliy qismidagi qora tuproqlarda shuvoq-betaga oʻsadi. Dashtlarda kemiruvchilar, tuyoklilar, yirtqichlar, qushlar yashaydi. Qurgʻaljin qoʻriqxonasi bor.

Daryo va koʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yirik daryolari Yesil, uning tarmoqlari — Qaqutan, Jabay, Terisaqqan, Nura, Suleti, Oʻlenti, Qulanoʻtpes, v.b. Viloyatda koʻllar koʻp, ularning 94 tasi chuchik. Yirik chuchik koʻllari Qoʻrgʻaljin, Qoʻjakoʻl, Shoʻlaqshalqar, Baliqtikoʻl, Uyalishalqar, v.b. Yirik tuzli koʻllari Teniz, Kerey, Itemgen, Qipshaq, Mamay, Ulken Sarioʻba va Astana, Sileti toʻgʻoni bor. Ulardan boʻlak yer sugʻorish maqsadida 37 ta toʻgʻon barpo etilgan, jami suv koʻl. 180,6 mln. m3. Qoʻrgʻaljin koʻl tarmogʻini suv bilan toʻldirish va Astananing sanoatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun Nura daryosi orqali 70 — 74 mln. m³ Irtish suvi beriladi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millatlar tarkibi
Aholi soni
1989yil[5]
%[5] Aholi soni
1999yil
% Aholi soni
2010yil
%
Barchasi 1064406 100,00 % 836271 100,00 % 738010 100,00 %
Qozoqlar 266831 25,07 % 313488 37,49 % 330835 44,83 %
Ruslar 459348 43,16 % 329454 39,40 % 263052 35,64 %
Ukrainlar 91236 8,57 % 62228 7,44 % 45935 6,22 %
Olmonlar 139032 13,06 % 52334 6,26 % 30124 4,08 %
Beloruslar 28283 2,66 % 19475 2,33 % 14684 1,99 %
Tatarlar 22332 2,10 % 17272 2,07 % 14645 1,98 %
Polyaklar 14058 1,32 % 11404 1,36 % 9242 1,25 %
Ingushlar 5571 0,52 % 5491 0,66 % 5467 0,74 %
Chechenlar 4181 0,39 % 3149 0,38 % 3536 0,48 %
Boshqurtlar 4793 0,45 % 2708 0,32 % 2304 0,31 %
Moldavanlar 3461 0,33 % 2239 0,27 % 2001 0,27 %
Ozarbayjonlar 2424 0,23 % 1656 0,20 % 1801 0,24 %
Udmurtlar 2690 0,25 % 1748 0,21 % 1461 0,20 %
Koreyslar 1382 0,13 % 1489 0,18 % 1298 0,18 %
Mariylar 2799 0,26 % 1377 0,16 % 1177 0,16 %
Mordvalar 2705 0,25 % 1662 0,20 % 1117 0,15 %
Armanlar 1171 0,11 % 1110 0,13 % 1111 0,15 %
Chuvashlar 1980 0,19 % 1089 0,13 %
Boshqa millatlar 10129 0,95 % 6898 0,82 % 8220 1,11 %

Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatning siyosiy xaritasi

Akmola viloyati 17 tumanga boʻlinadi.

  1. Oqkoʻl tumani — Oqkoʻl
  2. Arshali tumani — Arshali
  3. Astraxan tumani — Astraxanka
  4. Otbosar tumani — Otbosar
  5. Bulandi tumani — Makinsk
  6. Burabay tumani (Shuchinsk) — Shuchinsk
  7. Yegindikoʻl tumani — Yegindikoʻl
  8. Yenbekshilder tumani — Stepnyak
  9. Yereymentau tumani — Yereymentau
  10. Yesil tumani — Yesil
  11. Yaxshi tumani — Yaxshi
  12. Yorqayin tumaniDerjavinsk
  13. Zerendi tumaniZerendi
  14. Qoʻrgʻaljin tumani — Qoʻrgʻaljin
  15. Sandiqtau tumani — Balkashino
  16. Tselinograd tumani — Akmoʻl
  17. Shoʻrtandi tumani — Shoʻrtandi

Qishloq Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqmoʻla viloyati Qozogʻistondagi muhim gʻallachilik rayonlaridan. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va goʻsht-jun chorvachiligi. Oqmoʻla viloyatining qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlari orasida katta qismini yaylovlar egallaydi. Qishloq xoʻjaligi yirik gʻallachilik bilan sut-goʻsht chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik va mayin junli qoʻychilik, yilqichilikka ixtisoslashgan. Ishim daryosi va chuchuk koʻllarda baliq ovlanadi[6].

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Energetikasi Qaragʻanda havzasidagi toshkoʻmir va mazutga asoslanadi. Issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Kon qazish, mashinasozlik va metallsozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, nasos, vagon taʼmirlash zavodlari), oziq-ovqat (un kombinati, sut zavodlari) va mebel sanoati tarmoqlari rivojlangan. Qurilish materiallari (temir-beton konstruksiyalar, gʻisht ishlab chiqarish) sanoati barpo etilgan. Koʻpchilik sanoat korxonalari Ostonada, shuningdek, Makinskda (porshen xalqalari ishlab chiqaruvchi zavod, qishloq xoʻjaligi inventarlari, avtomobil va traktorlar uchun ehtiyot qismlar), Otbosarda (goʻsht kombinati, remontmexanika zavodi), Alekseyevkada, Shoʻrtandi shaharchasida (mebel fabrikalari) va tuman markazlarida (moy zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari) joylashgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]