Akmal Xoʻqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akmal Xo`qandiydan yoʻnaltirildi)


Akmal Xoʻqandiy (Mulla Shermuhammad) (18-asr 1- yarmi, Fargʻona viloyati Boytuman qishlogʻi- taxminan 1810, Qoʻqon) — oʻzbek shoiri. Maxmurning ot-asi. Hayoti va ijodi haqida „Tuhfat ut-tavorix“ (1863, Muhammad Amin Attor), „Majmuai shoiron“, „Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-ashob“ kabi asarlarda maʼlumot keltirilgan. A. X. Madrasai Mir (Qoʻqon) da mudarris boʻlgan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Tur-li tarixiy voqealarga bagʻishlab sheʼrlar, shiru shakar uslubida muhammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulugʻlagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni maʼrifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar („Bayozi yangi“, 1911; „Bayozi Muhallo“, 1912; „Armugʻoni Hislat“, 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil