Akitakata
Akitakata 安芸高田市 | |
---|---|
Shahar | |
Skyline of Akitakata | |
34°39′58.4″N 132°42′15.6″E / 34.666222°N 132.704333°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Mintaqa | Chūgoku |
Prefektura | Hiroshima |
Hukumat | |
• Mayor | Etsushi Fujimoto |
Maydon | 537.75 km2 (207.63 kv mi) |
Aholisi | 26,810 |
|

Akitakata (yaponcha: 安芸高田市 Akitakata-shi ) – Yaponiyaning Hiroshima prefekturasining shimoliy markazida joylashgan shahar[1].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitakata shimoliy-markaziy Hiroshima prefekturasida joylashgan va Chugoku togʻlari bilan oʻralgan. Shaharning Midori va Takamiya mahallalari kuchli qor yogʻadigan hududlar sifatida qayd etilgan.
Qoʻshni munitsipalitetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiroshima prefekturasi
- Hiroshima
- Higashihiroshima
- Kitahiroshima
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitakata nam subtropik iqlimga ega, issiq yozi va salqin qishi bilan boshqa shaharlardan ajralib turadi. Akitakatada oʻrtacha yillik harorat 13 °C ni tashkil qiladi, oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 1581 mm. Sentyabr eng nam oy hisoblanadi. Harorat oʻrtacha avgust oyida eng yuqori 24,8 °C atrofida va yanvar oyida eng past yaʼni 1,6 °C atrofida[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Izumi aholisi oʻtgan asrda barqaror ravishda koʻpaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 57 214 | — |
1960 | 49 715 | −13.1% |
1970 | 38 541 | −22.5% |
1980 | 36 984 | −4.0% |
1990 | 36 115 | −2.3% |
2000 | 34 439 | −4.6% |
2010 | 31 497 | −8.5% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitakata hududi qadimgi Aki viloyatining bir qismidir. Tokugava syogunligi tashkil etilgandan soʻng, hudud Hiroshima domeni tarkibiga kirgan. Meydzi islohotidan soʻng, hudud 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Takata tumanidagi qishloqlarga, shu jumladan Yoshida qishlogʻiga birlashtirilgan. Yoshida 1896-yil 1-yanvarda shahar maqomini olgan. Akitakata shahri 2004-yil 1-martda Yoshidaning Koda, Midori, Mukaihara, Takamiya, Yachiyo (barchasi Takata tumanidan) shaharlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan. Takata tumani ushbu birlashtirish natijasida tarqatib yuborilgan.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitakata toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash tizimiga ega. Akitakatadan Hiroshima prefekturasi assambleyasiga bir nafar aʼzo qoʻshiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Hiroshima 3-okrugi tarkibidadir.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitaka iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akitakatada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va oltita davlat oʻrta maktabi mavjud. Hiroshima prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi ham faoliyat yuritadi.