Odiljon Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akbarov Odiljondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Odiljon Akbarov (1933.23.8, Baliqchi tumani) – Xalq o‘qituvchisi (1983). "O‘zbekiston hunar-texnika ta’limi a’lochisi" (1969). 1951 yil Andijon shahridagi 10-hunar bilim yurtini, 1955 yil Toshkent industrial texnikumini, 1971 yil sirtdan Andijon pedagogika institutini tugatgan. 1955 yildan Andijon shahridagi 10-hunar-texnika bilim yurtida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha usta, 1971–96 yillarda Andijon mashinasozlik litseyida maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchi. Akbarov boshchilik qilgan chizmachilik kabineti respublikadagi eng namunali kabinet hisoblangan. Ekranlashtirilgan bu kabinetda turli xil ko‘rgazmali qurollar, didak-tik materiallar o‘rnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Akbarov Odiljon" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil