Ilyos Akbarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akbarov Ilyos Akbarovichdan yoʻnaltirildi)

Ilyos Akbarovich Akbarov (1909.5.5, Toshkent) — oʻzbek musiqashunosi. Birinchi oʻzbek musiqa folklorshunoslaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Sanʼatshunoslik institutida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), „Oʻzdavnashr“da musiqa boʻlimining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943-yildan)da oʻqituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), professor (1979-yildan). Fargʻona vodiysi va Xorazm viloyatlarida oʻzbek va uygur xalq kuylarini toʻplab, ayrimlarini nashr ettirgan: „Oʻzbek 257ashulalari“ (M., 1934, H. Muhamedova bilan hamkorlikda), „30 ashula“ (M., 1935), „Oʻzbek xalq qoʻshiklari“ (T., 1939), „Muqimiy va Furqat ashulalari“ (T., 1959) va boshqa Ilk oʻzbek bolalar qoʻshiklari („Biz kuylaymiz“, T., 1939), „Musiqa lugʻati“ (T., 1987, 2-nashri —1997), darslik va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil