Akademizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademizm (frans. academisme) — XVIIXIX asrlardagi Yevropada rivojlangan tasviriy sanʼat yoʻnalishi.

Akademizm (frans. academisme) — tasviriy san’atdagi yo‘nalish. Qad. dunyo va Uyg‘onish davri san’ati shaklla-ri, san’atning tashqi ko‘rinishlariga taqlid qilishga asoslangan. A. badi-iy ta’limni tartibga solishga, mumtoz an’analarni "abadiy" qonunlar tizimi va qo‘llanmalariga aylantirishga im-kon yaratdi. San’atda qad. an’analarga va yuksak madaniylikka tayanish bu ta’-limotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni "yuksak" san’atga xos bo‘lmagan xususiyat deb e’lon qilib, unga zamonaviy va milliy bo‘lmagan go‘zallik 250normalari, ideallashtirilgan obrazlar, hayotdan uzoq mavzularni qarshi qo‘ydi. Rasmiy yo‘nalish sifatida o‘zining este-tikasini milliy realistik san’atga qarshi qaratadi. Dastlab Bolonya akade-miyasi (Italiya) da paydo bo‘lgan (16- a.) bu yo‘nalish keyinchalik Yevropa mamla-katlariga keng yoyildi. 19- a.da A. (Ita-liyada A. Kanova, Fransiyada D. Engr va b.) klassitsizm an’analariga tayanib ro-mantiklar, realistlar va naturalistlar-ga qarshi kurash olib bordi. Realistlar va oppozitsiya ta’sirida A. inqirozga uchradi, 19- a. oxiri — 20- a.da bir qator mamlakatlardagina asosan yangi shakl — neoklassitsizm ko‘rinishida saqlanib qoldi.A. tushunchasi keng ma’noda har qanday qonunlashtirish, o‘tmish san’at-ning ideallari va qoidalariga muroja-atni anglatadi.[1]


Sanʼat yoʻnalishlari va guruhlar
Oʻrta asrlar
Roman tarziGotikaRenessans
Yangi Davr
MannerizmBarokkoRokokoNeoklassisizmAmpirSentimentalizmRomantizmRealizm (tasviriy sanʼat)PrerafaelitizmAkademizmImpressionizmPuantilizmPostimpressionizm
XX asr
ModernizmKonstruktivizmKubizmEkspressionizmAbstraktsionizmDadaizmFovizmBauhausPop-artAr-dekoAbstrakt EkspressionizmFuturizmSuprematizmSurrealizmMinimalizmPostmodernizmKonseptualizm

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil