Akademasbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akademasbob ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (IICHB) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi farmoishi bilan markaziy ilmiy asbobsozlik loyixalash-komstruktorlik va texnologiya byurosi asosida 1993 yilda tashkil etilgan. IICHB oʻz ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasini ilmiy texnik rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi. IICHB tarkibida 5 ta loboratoriya, 6 ta texnik va texnologik boʻlimlar va eksperimental ishlab chiqarish korxonasi mavjud.

Birlashma faoliyati[tahrir]

  1. IICHB tomonida olib borilaotgan asosiy yonalishlar
  • Lazer nurining moddalarga tasiri asosiy qonunlarini oʻrganish, yangi yazer tizimlari va zamonaviy lazer texnalogiyasi asosida turli maqsadlarga (fan, texnika, ekologiya, sanoat va qishloq xoʻjaligi) asbob uskunalar ishlab chiqarish va yaratish.
  • Materiallarni xususiyatlarini ionlar oqimi tasirida oʻzgartirish boʻyicha tadqiqotlar olib borish va shu asosda xalq xoʻjaligi uchun asboblar va tizimlar yaratish .
  • Noananaviy energertika muammolarini oʻrganish va uning yutuqlarini xalq xoʻjaligiga tadbiq etish .
  • Qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash uchun asboblar, qurilmalr va texnologiyalar yaratish.
  • Asbobsozlik sohasida innovatsiya ishlarini olib borish .

Mustaqillik yillarida olingan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida birlashmada oʻnlab asbob uskunalar va bir qator yangi texnologiyar yaratildi va xalq xoʻjaligini turli tarmoqlariga joriy qilindi. Jumladan Yunusobod metro yoʻnalishi uchun turli turniketlar , energetika , santexnika , inshootlari va eskalatorlani nazorat qiluvchi avtomatlashgan dispecher punktlari yaratildi va ishga solindi . Toshkent shahrining radon xaritasi yaratildi.Kichik va oʻrta biznes uchun import oʻnini bosadigan kichik yogʻ zavodi, hoʻl mevalarni uzoq muddat saqlash uchun sublimatsion quritish texnologiyasi hamda birinchi marta magʻizni qayta ishlovchi texnologik liniya yaratildi. Uning maxsuloti Germaniya sertifikatiga sazovor boʻlib chet ellarga eksport qilinmoqda. Harbiy oʻquv yurtlari uchun mikoprosessor element bazasi asosida zamonaviy kompyuter mashgʻulot tizimlari ishlab chiqildi va ular oʻquv jarayonlarida qoʻllanmoqda. CRDF granti boʻyicha katta quvvatli lazer olindi va uning asosida turli materiallarga ishlov berish boʻyicha izlanishlar olib borish maqsadida lazer texnologiya markazi barpo qilindi.IICHB olimlari Amerika , Germaniya , Yaponiya , Hindiston ,Rossiya, Ukraina ilmiy markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. Birlashmada „Optika“ va „Fizikaviy elektronika“ sohalari boʻyicha asperantura, „Radioaloqalar“ tuzilishi va „Asbobsozlik“ kafedralari filiallari mavjud. Birlashma olimlaridan fizika-matematika fanlari doktori R.A.Ganeev Xalqaro Optika Jamiyati tomonida taqdim etilgan Galileo Galiley medali va mukofoti sovrindori boʻldi .[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi(2003)."Akademasbob" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi(40 -bet)