Aka-uka Banu Musolar
Uch aka-uka Abu Jaʼfar, Muhammad ibn Muso ibn Shokir (803-yilgacha boʻlgan vaqtda tugʻilgan – 873-yil fevralda vafot etgan), Abu al-Qosim, Ahmad ibn Muso ibn Shokir (IX asrda vafot etgan) va al-Hasan ibn Muso ibn Shokir (IX asrda vafot etgan) – Bagʻdodda yashab ijod qilgan fors olimlari. Banu Muso (arabcha: بنو موسی) nomi bilan mashhur.
Banu Muso Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashidning oʻgʻli al-Maʼmunning taniqli astronomi boʻlgan Muso ibn Shokirning oʻgʻillari edi. Otalarining vafotidan soʻng aka-ukalar al-Maʼmun rahbarligida taʼlim olgan va Bagʻdoddagi "Bayt ul-Hikmat"ga oʻqishga kirganlar. U yerda aka-ukalar Vizantiy (Sharqiy Rim)dan olib kelingan qadimgi yunon asarlarini tarjima qilishgan, bu asarlar asosida oʻzlarining matematika, texnika va astronomiyaga oid gʻoyalarini ishlab chiqishgan. Aka-uka Banu Musolar yuza va aylana uzunligi kabi tushunchalarni yangicha talqin qilib, oʻrniga nisbatlar o'rniga aniq sonlar bilan ifodalash uslubini joriy qilishgan. Ular Yer sharining aylana uzunligini aniqlash uchun geodezik oʻlchovlar oʻtkazganlar va bir daraja kenglikning uzunligini oʻlchab, Yerning aylana uzunligini nisbatan aniq hisoblab chiqishga erishganlar. Bu ish ularning ilmiy salohiyati va tajriba asosidagi yondashuvini namoyon etadi.
Banu Muso 20 ga yaqin kitob yozgan boʻlib, hozirda ulardan uchtasi saqlanib qolgan, qolganlari yoʻqolib ketgan. Ularning eng muhim asarlaridan biri geometriya boʻyicha yozilgan risola boʻlib, ushbu asar „Kitāb Maʿrifah masāḥat al-ashkāl al-basīṭah wa-al-kuriyyah“ („Tekislik va sferik figuralarni oʻlchash kitobi“) deb nomlangan va oʻrta asr matematiklari tomonidan keng qoʻllanilgan. Ularning hozirgacha saqlanib qolgan eng mashhur asari (eng qadimiy va ishonchli nusxasi Istanbuldagi Topkapi saroyida saqlanadi) „Kitab al-Hiyal al-Naficah“ („Aqlli asboblar kitobi“) asaridir. Ushbu kitobda 100 ta ixtiro tasvirlangan boʻlib, xususan, suyuqlik bosimi va avtomatik harakatlanuvchi mexanizmlar yordamida ishlaydigan idishlar tasvirlangan. Bu qurilmalar koʻpincha mehmonlarni hayratga solish uchun ishlatilgan. Ulardan biri avtomatik ravishda nay chaluvchi mexanik qurilma boʻlib, tarixdagi birinchi dasturlashtirilgan mashina yoki ibtidoiy kompyuter sifatida eʼtirof etiladi. Bu ilmiy va texnik yutuqlar aka-uka Banu Musolar islom sivilizatsiyasining eng muhim olimlaridan biriga aylantirgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bennison, Amira K.. The Great Caliphs: The Golden Age of the 'Abbasid Empire. New Haven, Connecticut: Yale University Press, 2009. ISBN 978-03001-5-227-2.
- Bir, Atilla. The Book "Kitab Al-Hiyal" of Banu Musa Bin Shakir, interpreted in Sense of Modern System and Control Engineering. Istanbul: Research Centre for Islamic History, Art and Culture, 1990. OCLC 24991757.
- Blake, Stephen P.. Astronomy and Astrology in the Islamic World. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2016. ISBN 978-07486-4-911-2.
- Casulleras, Josep „Wābkanawī: Shams al-Munajjim [Shams al-Dīn] Muḥammad ibn ҁAlī Khwāja al-Wābkanawī [Wābkanawī]“, . The Biographical Encyclopedia of Astronomers. Springer Publishers, 2007 — 92–94-bet. DOI:10.1007/978-0-387-30400-7_1433. ISBN 978-0-387-31022-0. (PDF version)
- al-Dabbagh, J. „Banū Mūsā“, . Dictionary of Scientific Biography. New York: Scribner, 1970. ISBN 9780684101149. OCLC 755137603.
- Gutas, Dimitri. Greek Thought, Arabic Culture: The Graeco-Arabic Translation Movement in Baghdad and Early ʻAbbāsid Society (2nd–4th/8th-10th centuries). New York: Routledge, 1998. ISBN 978-0-415-06132-2.
- Hajar, Rachel (2013). "The Air of History Part III: The Golden Age in Arab Islamic Medicine An Introduction". Heart Views 14 (1): 43–46. doi:10.4103/1995-705X.107125. ISSN 1995-705X. PMID 23580929. PMC 3621228. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3621228.
- Hill, Donald R. (1991). "Mechanical Engineering in the Medieval Near East". Scientific American 264 (5): 100–105. doi:10.1038/scientificamerican0591-100. ISSN 0036-8733.
- Hill, Ronald R. (2008). "Banū Mūsā". in Selin, Helaine. Encyclopaedia Of The History Of Science, Technology, And Medicine Non Western Cultures. 1. Brill Publishers. https://archive.org/details/encyclopaediaofthehistoryofsciencetechnologyandmedicinenonwesternculturesvol1helaineselin_655_T/page/n405/mode/1up.
- Kennedy, Edward Stewart (1956). "A Survey of Islamic Astronomical Tables". Transactions of the American Philosophical Society. New Series (Philadelphia, Pennsylvania: American Philosophical Society) 46 (2): 123–177. doi:10.2307/1005726. ISSN 0065-9746. https://books.google.com/books?id=EywLAAAAIAAJ.
- al-Khalili, Jim. The House of Wisdom: How Arabic Science Saved Ancient Knowledge and Gave us the Renaissance. New York: Penguin Press, 2011. ISBN 978-15942-0-279-7.
- Long, Jason; Murphy, Jim; Carnegie, Dale; Kapur, Ajay (2017). "Loudspeakers Optional: A history of non-loudspeaker-based electroacoustic music". Organised Sound 22 (2): 195–205. doi:10.1017/S1355771817000103.
- Masood, Ehsan. Science & Islam: A History. London: Icon Books, 2009. ISBN 978-18483-1-081-0.
- Medieval Islamic Civilization: An Encyclopedia. Taylor & Francis, 2005. ISBN 978-11354-5-596-5.
- Palmeri, JoAnn „Wābkanawī: Shams al-Munajjim [Shams al-Dīn] Muḥammad ibn ҁAlī Khwāja al-Wābkanawī [Wābkanawī]“, . The Biographical Encyclopedia of Astronomers. Springer Publishers, 2007 — 1129–1130-bet. DOI:10.1007/978-0-387-30400-7_1433. ISBN 978-0-387-31022-0.
- Pingree, David (1988). "Banū Mūsā". Encyclopædia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/banu-musa-the-name-applied-to-three-brothers-abbasid-astronomers-whose-father-was-musa-b.
- Rashed, Roshdi. Classical Mathematics from Al-Khwarizmi to Descartes. New York: Routledge, 2014. ISBN 978-13176-2-239-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Banū Mūsā mavzusiga oid fayllar bor
- A list of works by the Banū Mūsā from the Islamic Scientific Manuscripts Initiative (ISMI) website
- Pioneers of Engineering: Al-Jazari and the Banu Musa TV episode from Al Jazeera (25 minutes)
- Meier. „The 9th-Century Islamic "Instrument Which Plays by Itself"“. Hyperallergic (2016-yil 12-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-mart.