Ajroqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ajroqlik – tashqi yoki ichki kuch ta’sirida tog‘ jinslarining o‘z ichidagi yoriqlar bo‘ylab alohida ajralishi. Odatda magma sovib, jinslarga aylana-yotgan vaqtda yoki cho‘kindi jinslar suvdan ko‘tarilib quriyotganda, yoriqlardan yoki yopishib turgan joylardan yoriqlar bo‘ylab ajralgan kezlarida bu xususiyat namoyon bo‘ladi. Tog‘ jinslarining ajra-lish shakllariga qarab A. bir necha tur-li bo‘ladi; mas, cho‘kindi tog‘ jinslarida to‘rtburchakli, kubsimon, qatlamsimon, parallelepipedsimon, prizmatik yoki ustunsimon, sharsimon, toshtaxtasimon va boshqa A. yaxlit massivdan zarur shakl va o‘lchamdagi toshni ajratib olishni oson-lashtiradi. Konchilik ishlarini ratsional loyihalashda ahamiyati bor. A3, As, Os – qadimgi turkiy qabilalardan birining nomi. Ular 7–11-asrlarda hozirgi Tuva Respublikasining g‘arbiy qismida yashagan. Asosiy qismi 7–8-asrlardayoq Yettisuvga ko‘chib kelib, Ili va Chu daryolari bo‘ylariga, Kestak dovonining har ikki tomoniga o‘rnashgan. "Hudud ul-olam" asarida A. tirkashlarning bir qismi deyilgan. Yenisey, Oltoy va Tyanshanning o‘rta asrlarga oid etnonimikasida A. nomi qirg‘izlar bilan bog‘liq holda uchraydi. Oltoyda to‘rt os degan urug‘-qabila nomi saqlanib qolgan. Tuva va Oltoy tog‘ yon bag‘irlaridagi A.larning bir qismi keyinchalik Sibir xalqlari (oltoy, teleut), Yettisuvdagilari esa qozoq, qirg‘iz va o‘zbek xalqlari tarki-biga singib ketgan. Hozirgi Samarqand viloyatining g‘arbiy tumanlarida saroy qabilasiga mansub o‘zbeklar tarkibida A. etnonimi saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ajroqlik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil