Ajratilgan muhitda oʻstirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ajratilgan muhitda o‘stirishdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ajratilgan muhitda o‘stirish, o‘simlikni ajratilgan muhitda oziqlantirish –o‘simliklar fiziologiyasini tadqiq qilish usullaridan biri; Ajratilgan muhitda oʻstirishni birinchi bo‘lib rus olimi P. R. Slyozkin qo‘llagan (1893). Ajratilgan muhitda oʻstirishda o‘simlik ildizlari ikki yoki undan ko‘proq qismga taqsimlanib, oziq moddalarining har xil aralashmasidan tashkil topgan eritmaga joylashtiriladi. Buning uchun tuproq (ko‘pincha qum) yoki eritma solingan (suvli muhit), hajmi turlicha idish ishlatiladi. Idishlardagi oziq moddalarning turli tarkibda bo‘lishi ularning o‘simliklar tomonidan qanday singdirilish jarayonini kuzatishga imkon beradi (qarang Vegetatsion usul).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil