Ajnadayn jangi
| Ajnadayn jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
Vizantiya imperiyasi
|
Roshidun xalifaligi
| ||||||
| Kuchlar | |||||||
| maksimum 40,000[1] – taxminan tax. 100[2] | maksimum 500[1] – tax. 20,000[2] | ||||||
Ajnadayn jangi (arabcha: معركة أجنادين) – 634-yil iyul yoki avgust oyida (hijriy 13-yil Jumodilavval yoki Jumodissoni oyi)[3] Falastinning Bayt Jibrin qishlogʻiga yaqin joyda kechgan jang. Vizantiya (Rim) imperiyasi va arablarning Roshidun xalifaligi armiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan birinchi yirik jang boʻlib, musulmonlar hal qiluvchi gʻalabaga erishgan. Ushbu jang tafsilotlari, asosan, IX asr tarixchisi al-Voqidiy tomonidan keltirilgan musulmon manbalar orqali maʼlum.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]David Nicollening soʻzlariga koʻra, Roshidun qoʻshini poytaxt shahar Madinani 633-yilning kuzida, katta ehtimol bilan esa 634-yilning boshida tark etgan. Roshidun armiyasi birinchi marta 4-fevral kuni Dathin shahrida vizantiyaliklar bilan toʻqnash kelib, ularni magʻlubiyatga uchratgan. Shundan soʻng, Himsda joylashgan imperator Herakleios, Caesarea Maritima shahrini himoya qilish uchun janubga qoʻshimcha kuchlar yuborishga qaror qildi. Bunga javoban qoʻmondon Xolid ibn al-Validga Sosoniylar davlatiga qarshi yurishlarni toʻxtatib, Suriyaga borish buyurildi. Shundan keyin Xolid 24-aprelga qadar Vizantiya bilan ittifoqdosh Gʻassoniylarni magʻlub etgan va deyarli qarshiliksiz Bosraga kirishga muvaffaq boʻlgan. Bu vaqtda Xolid Abu Ubayda ibn al-Jarroh, Yazid ibn Abu Sufyon, Amr ibn al-Os va Shurahbil ibn Hasana kabi sarkardalar boshchiligidagi bir qancha qoʻshinlar bilan birlashgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Athamina, Khalil (2014). "Ad̲j̲nādayn". The Encyclopedia of Islam, Third Edition. BRILL. ISSN 1573-3912. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/ajna-dayn-COM_24816.
- Donner, Fred McGraw. The Early Islamic Conquests. Princeton University Press, 1981. ISBN 978-0691053271.
- Gibb, H.A.R. (1986). "Ad̲j̲nādayn". The Encyclopedia of Islam, New Edition, Volume I: A–B. Leiden and New York: BRILL. p. 208. ISBN 90-04-08114-3. https://archive.org/details/EncyclopaediaDictionaryIslamMuslimWorldEtcGibbKramerScholars.13/01.EncycIslam.NewEdPrepNumLeadOrient.EdEdComCon.Gibb.Kramersetc.UndPatIUA.v1.A-B.PhotRepr.Leid.EJBrill.1960.1986./page/n226/mode/1up.
- Kaegi, Walter Emil. Byzantium and the early Islamic conquests. Cambridge: Cambridge University Press, 1995. ISBN 978-0-521-48455-8.
- Morray, David „Ajnadain, battle of“, . The Oxford Companion to Military History Richard Holmes: . Oxford University Press, 2001.
- Sourdel, D. (1965). "Filasṭīn — I. Palestine under Islamic Rule". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 910–913 b. OCLC 495469475. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Filas%E1%B9%AD%C4%ABn+%E2%80%94+I.+Palestine+under+Islamic+Rule&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.