Kontent qismiga oʻtish

Ajman (qabila)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ajman
arabcha: العجمان
Nisba Banu Yam
Joylashuv
Kelib chiqishi arablar
Tili arab tili
Dini Islom

Al-Ajman yoki al-Ijmon (arabcha: العُجمان‎) – Arabiston yarim orolidagi arab qabilalar ittifoqi, uning aʼzolari Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga tarqalgan[1][2].

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ajman qabilasi boʻlimlari

Al-Ajman Banu Yam qabilasi avlodi hisoblamish Qahtoniy arab qabilasi hisoblanadi. Qabila vakillarining aksariyati koʻchmanchi hayotni tark etib, Saudiya Arabistonining shimoli-sharqiy qismida yashagan[3].

Rakan ibn Hitlaynning qamoqdan chiqqanidan keyingi surati (Usmoniylar arxividan olingan)

Ajman qabilasi XVIII–XX asrlar davomida Sharqiy Arabiston siyosatida muhim oʻyinchilardan biri sifatida tanilgan. Ularning eng mashhur rahbari (yoki shayxi) XIX–XX asrlarda yashagan Rakan bin Hitlayn boʻlib, u Arabiston qabilalari afsonalarida bugungi kunga qadar taniqli shaxs hisoblanadi[4]. Rakan oʻzining sheʼriyati bilan tanilgan, shuningdek, Saudiya Arabistonining amaldagi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonning ona tomondan bobosi sifatida mashhur boʻlgan. 1850-yillarda Ajman qabilasi Faysalning hukmronligiga qarshi chiqqan va 1861-yilda Ajman qabilasi ikkinchi Saudiya davlatining imomi Faysal ibn Turkiy tomonidan magʻlubiyatga uchratilgan[5]. Faysal ibn Turkiy keyinroq qabila vakili bilan turmush qurgan. Keyinchalik ular Saudiya Arabistoni asoschisi, amakivachchasi Abdulaziz ibn Saudga qarshi chiqqan Saudiylarning Saud al-Kabir boʻlimini qoʻllab-quvvatladilar.

Oʻrtada Zaydan ibn Hitlayn

Ajman qabilasining bir boʻlimi Zaydon ibn Hitlayn boshchiligida 1900-yilda Ixvon harakatiga qoʻshildi va Ibn Saudga harbiy yordam koʻrsatdi, biroq keyinchalik aynan unga qarshi isyon koʻtardi. Ajman qabilasi va ularning Utayba va Mutayr qabilalaridan boʻlgan ittifoqchilari 1929-yilda Sabilla jangida Ibn Saud tomonidan magʻlub etilib, Ixvon qoʻzgʻoloniga chek qoʻyildi.

Deyarli barcha Ajmaniylar koʻchmanchi hayotdan voz kechib, Fors koʻrfazi davlatlari, xususan, Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyatiga joylashib oldilar. Ularning asosiy yashash hududi al-Noairiya gubernatorligidan Yahudo shahrigacha boʻlgan Vodiy al-Ajman (Ajman vodiysi) deb nomlanadi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Ajman amirligining aynan mana shu Ajman qabilasi yoki Ajam (forslar) nomi bilan atalganligi bahsli mavzu hisoblanadi[6][7][8].

  1. Suwaed, Muhammad. Historical Dictionary of the Bedouins (en). Rowman & Littlefield, 2015-10-30. ISBN 9781442254510. 
  2. الموسوعة العربية الميسرة، 1965 م
  3. Suwaed, Muhammad. Historical Dictionary of the Bedouins (en). Rowman & Littlefield, 2015-10-30. ISBN 9781442254510. 
  4. Mustafa Al Labbad. „The new Saudi power triangle“. Al Monitor (2016-yil 27-yanvar). 2017-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
  5. (Thesis). {{cite thesis}}: Missing or empty |title= (yordam)
  6. Gwillim Law. Administrative Subdivisions of Countries, ebook, McFarland [1999], 2011 — 382-bet. ISBN 9780786460977. 
  7. William Lancaster. Honour is in Contentment. Walter de Gruyter, 2011 — 513-bet. ISBN 9783110223392. 
  8. „علي المطروشي: هذه هي الحقيقة في أصول مسميات الإمارات“ (ar). www.albayan.ae (2005-yil 11-oktyabr).