Ajio
Ajio (ital. aggio), laj — 1) qimmatbaho qogʻozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining oʻz nominal qiymatidan ortishi. A., odatda, nomi-nalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pa-sayishi esa dizajio deyiladi; 2) qadri past qogʻoz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almashtirishda undiriladigan komission haq; 3) obligatsiyalarni oʻz nominalidan yuqoriroq kurs 209boʻyicha qay-tarib olinishi natijasida ularning narxiga qoʻshiladigan ustama.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |