Ajdodlarimiz qismati
Asl nomi | La Guerre du feu |
---|---|
Muallif(lar) | J.-H. Rosny (toʻngʻich) |
Tarjimon(lar) | Xayrulla Ergashev |
Til | fransuzcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1911 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Sahifalar soni | 184 |
„Ajdodlarimiz qismati“ (fransuzcha: La Guerre du feu, yaʼni „Olov uchun kurash“) — fransuz yozuvchisi J.-H. Rosny qalamiga mansub tarixiy roman. Ilk bor 1909-yil nashr qilingan. Alohida asar sifatida esa 1911-yil chop etilgan.
Asardagi hodisalar qadim zamonda sodir boʻladi. Romanning asosiy qahramonlari ibtidoiy odamlar boʻlib, asarda ularning olovni oʻzlashtirish uchun qilgan kurashi haqida hikoya qilinadi. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga Xayrulla Ergashev tarjima qilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oulhamrlar (talaffuzi: Ulamr) qabilasi asrlar davomida olovni saqlab keladi, ammo uni yaratishni bilmaydi. Dushmanlarga qarshi kurash davomida qabila olovi oʻchib qoladi. Qabila boshchisi Faouhm (talaffuzi: Faum) olovni topib kelgan odamga qizi Gammlani (talaffuzi: Gammla) uzatishni vaʼda qiladi.
Bu chaqiriqqa botir Naoh (talaffuzi: Nao) rozi boʻladi. Naoh yana ikki botir – Nam (talaffuzi: Nam) va Gawni (talaffuzi: Gov) oʻziga sherik qilib oladi. Qabilaning Gammlaga erishishni xohlovchi yana boshqa aʼzolari – aka-uka Aghoolar (talaffuzi: Agu) Naohga raqib boʻladi.
Naoh sheriklari bilan odamlar uchun xavf tugʻdiradigan xudularda olov izlaydi. Ular yovvoyi hayvonlar, boshqa qabilalar tugʻdirgan xavf-xatarga duch keladilar. Naoh va uning doʻstlari nihoyat Agoolarni yengib chiqib, qabilaga olovni qaytaradilar.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Faouhm (talaffuzi: Faum) – Oulhamrlar (talaffuzi: Ulamr) qabilasi boshchisi
- Gammla (talaffuzi: Gammla) – Faouhmning qizi
- Naoh (talaffuzi: Nao) – olov topib keluvchi botir
- Nam (talaffuzi: Nam) – Naohning doʻsti
- Gaw (talaffuzi: Gov) – Naohning doʻsti
- Aka-uka Aghoolar (talaffuzi: Agu) – Naoning raqiblari
Oʻzbekcha tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarni oʻzbek tiliga 1966-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan nashrga asoslanib Xayrulla Ergashev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, N. Pirogov – rassom, K. Nazarov – rasmlar muharriri, L. Shishikina – texnik muharrir, M. Nazirova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]