Ajdodlar nidosi
|
Birinchi nashr muqovasi | |
| Muallif(lar) | Jack London |
|---|---|
| Muqova artist(lar)i | Charles Edward Hooper |
| Mamlakat | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | Sarguzasht roman |
| Nashr etilgan sanasi | 1903 |
| Nashriyot | Macmillan |
| Sahifalar soni | 232 (birinchi nashr) |
| OCLC | 28228581 |
Ajdodlar nidosi – Jack London tomonidan yozilgan sarguzasht roman boʻlib, 1903-yilda chop etilgan. Asar voqealari 1890-yillarda Kanada hududidagi Yukon oʻlkasida Klondayk oltin vasvasasi davrida kechadi. Oʻsha davrda kuchli qorlarda chana tortadigan itlarga talab juda yuqori boʻlgan. Roman markazida Buck ismli it turadi. Hikoya Kaliforniya shtatining Santa Clara vodiysidagi ranchoda boshlanadi. Buck uyidan oʻgʻirlab ketilib, Alyaskaga chana itlari xizmatiga sotiladi. U qiyin sharoitda asta-sekin yovvoyilashib, tirik qolish va boshqa itlardan ustunlik qilish uchun kurashishga majbur boʻladi. Asar oxirida u sivilizatsiya niqobidan butunlay xalos boʻlib, ibtidoiy instinktlari va orttirgan tajribasiga tayangan holda yovvoyi tabiatda yetakchiga aylanadi.
Jack London taxminan bir yilni Yukonda oʻtkazgan va u yerda qilgan kuzatuvlari kitob materialining asosiy qismini tashkil etgan. Hikoya dastlab 1903-yil yozida The Saturday Evening Post jurnalida qismlarga boʻlib chop etilgan, oʻsha yilning oxirida esa kitob shaklida nashr qilingan. Kitobning iliq kutib olingani Londonga katta obroʻ keltirdi. 1923-yilning oʻzidayoq asar ekranlashtirildi va keyingi yillarda ham bir necha bor kino talqinlari yaratildi.
Eng mashhur ekranlashtirishlardan biri 1935-yilda suratga olingan film boʻlib, unda Clark Gable va Loretta Young, shuningdek Frank Conroy va Jack Oakie rol ijro etgan. Film syujeti asar voqealaridan sezilarli darajada farq qilgan.
Tarixiy sharoit
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliforniyalik Jack London AQSh boʻylab hobo sifatida sayohat qilgan, keyin Kaliforniyaga qaytib oʻrta maktabni tugatgan (14 yoshida maktabni tashlab ketgandi) va Berkeleyda bir yil kollejda oʻqigan. 1897-yilda esa Klondayk oltin vasvasasi eng avjiga chiqqan davrda Alyaska orqali Klondaykka yoʻl olgan. Keyinchalik bu tajribasi haqida shunday degan: „Men oʻzimni Klondaykda topdim.[1]“
Jack London iyul oyida Kaliforniyani tark etib, kema bilan Alyaskaning Dyea shahriga yetib borgan va u yerdan ichkariga yoʻl olgan. Oltin konlariga yetib borish uchun u va uning hamrohlari oʻz yuklarini [Chilkoot dovoni]]dan olib oʻtishgan, koʻpincha orqalarida 100 funt (45 kg) ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarib yurishgan[2].
Jack London Klondaykda deyarli bir yil yashagan. Dastlab u chegara shaharchasi boʻlgan Dawson Cityda vaqtincha istiqomat qilgan, soʻngra yaqin atrofdagi qishki lagerga koʻchib oʻtgan. U qishni vaqtinchalik boshpanada, oʻzi bilan olib kelgan kitoblarni oʻqib oʻtkazgan. Bu kitoblar orasida Charles Darwinning On the Origin of Species asari hamda John Miltonning Paradise Lost asari boʻlgan[3]. 1898-yil qishida Dawson City taxminan 30 ming konchidan iborat shahar boʻlib, unda mayxona, opera teatri va fohishaxonalar joylashgan koʻcha mavjud edi[4].
Bahorda, har yili boʻladigan oltin izlovchilar oqimi Klondaykka kira boshlaganida, Jack London u yerdan chiqib ketdi. U lavsha kasalligiga chalingan edi. Bu kasallik Arktika qishlarida keng tarqalgan boʻlib, sabzavot va meva mahsulotlari yetishmasligi sababli yuzaga kelardi. Milklari shisha boshlagach, Jack London Kaliforniyaga qaytishga qaror qildi. Hamrohlari bilan birga u Yukon daryosi boʻylab 2 000 mil (3 200 km) masofani solda suzib oʻtdi. Ular mintaqaning eng yovvoyi hududlaridan oʻtib, St. Michael shahriga yetib borishdi. U yerda London San-Fransiskoga qaytish uchun pul topish maqsadida kemada ishga yollandi[5].
London Alyaskada Ajdodlar nidosi asarini yozishga ilhom bergan materiallarni topdi[1]. Dyea Beach Jek London u yerdan oʻtgan davrda konchilar uchun asosiy kelish nuqtasi boʻlgan, biroq uning xavfli yoʻllari sabab tez orada Skagway oltin izlovchilar uchun yangi manzilga aylangan[6]. Klondaykga yetib borish uchun konchilar „Dead Horse Pass“ nomi bilan tanilgan White Pass dovonidan oʻtishlari kerak edi – bu yoʻlda tik va ogʻir koʻtarilish tufayli koʻplab otlar nobud boʻlgan[7]. Shundan soʻng yuk tashish uchun otlar oʻrniga itlardan foydalanila boshlandi; ayniqsa qalin junli, kuchli itlar „juda talabgir, kamyob va qimmat“ hisoblangan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 "Jack London" 1998, s. vi.
- ↑ Courbier-Tavenier, s. 240.
- ↑ Courbier-Tavenier, s. 240–241.
- ↑ Dyer, s. 60.
- ↑ Labor & Reesman, ss. 16–17.
- ↑ Giantquitto, 'Endnotes', ss. 294–295.
- ↑ Dyer, s. 59.
- ↑ "Comments and Questions", s. 301.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Benoit, Raymond (Summer 1968). "Jack London's 'The Call of the Wild'". American Quarterly (The Johns Hopkins University Press) 20 (2): 246–248. doi:10.2307/2711035. https://archive.org/details/sim_american-quarterly_summer-1968_20_2/page/246.
- Courbier-Tavenier, Jacqueline „The Call of the Wild and The Jungle: Jack London and Upton Sinclair's Animal and Human Jungles“, . Cambridge Companion to American Realism and Naturalism: Howells to London. New York: Cambridge University Press, 1999. ISBN 978-0-521-43876-6.
- Doctorow, E. L.; London, Jack „Introduction“, . The Call of the Wild, White Fang & To Build a Fire, reprint, The Modern Library hundred best novels of the twentieth century, Modern Library, 1998. ISBN 978-0-375-75251-3. OCLC 38884558.
- Doon, Ellen. Marshall Bond Papers. New Haven, Conn, USA: Yale University.
- Dyer, Daniel (April 1988). "Answering the Call of the Wild". The English Journal (National Council of Teachers of English) 77 (4): 57–62. doi:10.2307/819308. https://archive.org/details/sim_english-journal_1988-04_77_4/page/56.
- Barnes & Noble „'Jack London' – Biographical Note“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Barnes & Noble „'The World of Jack London'“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Giantquitto, Tina „'Introduction'“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Giantquitto, Tina „'Endnotes'“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Barnes & Noble „Inspired by 'The Call of the Wild' and 'White Fang'“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Barnes & Noble „'Comments and Questions'“, . The Call of the Wild and White Fang, Introduction by Tina Giantquitto, reprint, Barnes and Noble Classics, Barnes & Noble, 2003. ISBN 978-1-59308-002-0.
- Lehan, Richard „The European Background“, . Cambridge Companion to American Realism and Naturalism: Howells to London. New York: Cambridge University Press, 1999. ISBN 978-0-521-43876-6.
- "Jack London's 'The Call of the Wild'". Publishers Weekly (F. Leypoldt) 64 (1). August 1, 1903. https://books.google.com/books?id=vycDAAAAYAAJ. Qaraldi: August 28, 2012.Ajdodlar nidosi]]
- Labor, Earle; Reesman, Jeanne Campbell. Jack London, revised, illustrated, Twayne's United States authors series, New York: Twayne Publishers, 1994. ISBN 978-0-8057-4033-2. OCLC 485895575.
- London, Jack. The Call of the Wild. Wikisource, 1903.
- London, Jack. The Call of the Wild, reprint, A Whitman Book/Western Publishing Company, Inc., Racine, Wisconsin, 1960.
- London, Jack. The Call of the Wild, White Fang & To Build a Fire, Introduction by E. L. Doctorow, reprint, The Modern Library hundred best novels of the twentieth century, Modern Library, 1998. ISBN 978-0-375-75251-3. OCLC 38884558.
- Modern Library „'Jack London' – Biographical Note“, . The Call of the Wild, White Fang & To Build a Fire, Introduction by E. L. Doctorow, reprint, The Modern Library hundred best novels of the twentieth century, Modern Library, 1998. ISBN 978-0-375-75251-3. OCLC 38884558.
- Pizer, Donald (1983). "Jack London: The Problem of Form". Studies in the Literary Imagination 16 (2): 107–115. https://archive.org/details/sim_studies-in-the-literary-imagination_fall-1983_16_2/page/106.
- Smith, Geoffrey D.. American Fiction, 1901–1925: A Bibliography. Cambridge University Press, August 13, 1997 — 409-bet. ISBN 978-0-521-43469-0. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
- „London, Jack 1876–1916“. The call of the wild. WorldCat. Qaraldi: 2012-yil 26-oktyabr.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fusco, Richard. "On Primitivism in The Call of the Wild. American Literary Realism, 1870–1910. Vol. 20, No. 1 (Fall, 1987), pp. 76–80
- McCrum, Robert. The 100 best novels: No 35 – The Call of the Wild by Jack London (1903) "The 100 best novels: No 35 – The Call of the Wild by Jack London (1903)". The Guardian. 19 May 2014. Retrieved 5 September 2015.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Ajdodlar nidosi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |