Ajdarning boʻysundirilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ajdarning boʻysundirilishi
How to Train Your Dragon
How to Train Your Dragon Poster.jpg
Chiqishli poster
Rejissor
Produser Bonnie Arnold
Ssenariy
Aktyorlar
Bastakor John Powell
Muharrir
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar DreamWorks Animation
Distributor Paramount Pictures
Premyera
  • 26-mart, 2010-yil(2010-03-26)


Davomiyligi 98 daqiqa
Mamlakat AQSh
Til inglizcha
Budjet $165 million[1]
Daromad $495.8 million[1]
Keyingi film Ajdarning boʻysundirilishi 2

Ajdarning boʻysundirilishi (inglizcha: How to Train Your Dragon) — 2010-yilda DreamWorks Animation tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika kompyuter-animatsion fantastika filmi. Film shu nomli 2003-yilgi kitob asosida ishlab chiqarilgan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, T.J. Miller, Kristen Wiig va Christopher Mintz-Plasse kirishadi. Film 83-Akademiya mukofotlarida „Oscar“ga nomzod boʻlgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazdi.

Film afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda[2] ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 milliondan oshib ketib, DreamWorks Animationning beshinchi eng daromadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdarning boʻysundirilishi kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.[3]

Ovoz berganlar[tahrir]

Ikking (ingl. Hiccup, aniqroq tarjima qilinganda: Hiqichoq; toʻliq ismi Hiqichoq Gorendus Goddek ||| inglizchasiga Hiccup Horendous Haddock |||) — safdoshlaridan boʻyi kichkina, orriq, nimjon va viking Stoik Ulkanning (ingl. Stoick the Vast) oʻgʻli. U Qora Ajdarni boʻysintiradi va unga Tishsiz deb nom qoʻyadi. Otasi Yanek uni haqiqiy viking boʻlishini xohlaydi, yaʼni ajdaholarni ovlab, oʻldirishini istaydi. Lekin Iking ajdaholarga mehribonlik koʻrsatadi.
Stoik Ulkan (ingl. Stoick the Vast) — ulkan, jismonan chiniqqan, qudratli erkak, baquvvat va zabardast viking, hamda, Ikkingning otasi. Stoik — u ajdaholarni koʻp ushlagan va oʻldirgan. Uning orzusi ikkita edi: 1) Qora ajdarni (Ikking unga Tishsiz deb nom bergan) ushlash 2) Ikking oʻziga oʻxshab haqiqiy viking boʻlish. Lekin oʻgʻli Iking ajdaholarni oʻldirishni istamas edi.
Astrid Goferson (ingl. Astrid Hofferson) — jangari, energiyali, gʻayrari juda baland jangari va chiroyli qiz. Ikkingning bilan teng yoshda. U Ajdahoni tarbiyalashda hammadan oʻzar edi. Faqat Ikking ajdahoni boʻysuntirish usullarini oʻrganmasidan avval.
Gobber kekirik (ingl. Gobber the Belch) — temirchi, Stoik Ulkanning yaqin doʻsti, oʻzi ham kattaroq viking. Bitta tishi yoʻq boʻlgani uchun bakalning temirini qoʻyib olgan. Gobber — Ikking va uning doʻstlariga Ajdahoni Tarbiyalash kursini koʻrsatadi va oʻrgatadi. Gobber kekirik chap qoʻli va oʻng oyogʻidan ayriladi.
  • Tishsiz (Ajdaho nomi)
Tishsiz — qora tusdagi tezkor va vikinglar hayotida u haqida maʼlumot boʻlmagan, hamda, uni hech kim koʻrmagan (Ikking uni tarbiyalagancha) katta ajdaho. Ajdaho personajiga aktyorlar ovoz berishmagan. Faqat unga ajdahoga oʻxshash komputer tovushlarini qoʻyishgan.

Daromad[tahrir]

Premyera sanasi[tahrir]

Bu animatsion film DreamWorks kompaniyasi tomonidan ishlangan. Animatsion film dunyo boʻyicha yigʻgan daromadi $ 495, 8 million gacha yetdi. Film premyerasi 2010-yili 26-mart kuni boʻlin oʻtdi.

2D, 3D va IMAX 3D[tahrir]

Animatsion film 2D, 3D, hamda, IMAX 3D formatlarda suratga olingan.

Mukofotlari[tahrir]

  • Eng yaxshi Soundtrack
  • Eng yaxshi 3D animatsion film
  • Eng yaxshi animatsiya
  • Eng yaxshi Visual Effects
Oltin globus
Mukofot sohasi Eng yaxshi animatsion film
Tashkilotchi  Chris Sanders
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Birinchi berilgan yili 2011
Oxirgi berilgan yili 2011

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]