Ajdar kaltakesaklar
Qiyofa
Ajdar kaltakesaklar (Vasiliscus) — iguanalar oilasi, tangachalilar turkumiga mansub kaltakesaklar urugʻi. 4 turi maʼlum. Suv boʻyidagi daraxtlarda yashaydi. Urgʻochisi daraxtlar ildizi ostidagi kovaklarga 12-18 ta tuxum qoʻyadi. Boshi, yelkasi va dumining ustida teridan hosil boʻlgan baland toji boʻlishi tufayli Ajdar kaltakesaklar erkagining qiyofasi afsonaviy maxluq ajdarga oʻxshaydi. Ajdar kaltakesaklar beozor, yuvvosh hayvon. Bu urugʻning Panama va Kosta-Rikada tarqalgan turi Amerika ajdari (V.americanis)ninr uzunligi 80 sm, shu jumladan dumi 60 sm.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |