Aitu SuperApp
| Aitu SuperApp | |
| Muallif | Kazdream Technologies |
|---|---|
| Turi | superilova |
| Yozilgan til(lar)i | qozoqcha, ruscha, inglizcha |
| Status | faol |
| Vebsayt: | aitu.io |
Aitu SuperApp (asosan Aitu) – qozogʻistonlik superilova va messenjer[1].
Biznes uchun qoʻllaniladigan bu ilovaga sunʼiy intellekt ham joriy qilingan. Aitu BTS kompaniyasining BTS Digital raqamli ekotizimiga kiradi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil Aitu ilovasini qozogʻistonlik Kazdream Technologies IT-xoldingi ishlab chiqqan[1][2].
2021-yil may oyidan boshlab Aitu ilovasida foydalanuvchilar COVID-19 pandemiyasi davrida dolzarb boʻlgan Ashyq xizmatidan ham foydalana olishdi. Buni Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining oʻrinbosari Aset Turisov maʼlum qilgan[3]. Oʻsha yilning iyul oyida ilovaga egov.kz elektron hukumat xizmati ham qoʻshilib, shu jumladan turli davlat maʼlumotnomalariga ham kirish imkoni paydo boʻldi[4].
Qozogʻiston aholisi Aitu ilovasi orqali 2021-yilgi aholi roʻyxatida ishtirok etish imkoniga ega boʻldi[5].
2025-yil avgust oyida Qozogʻiston hukumatining rasmiy sayti Qozogʻiston davlat organlari Aitu ilovasiga oʻtishini eʼlon qildi. Hukumat huzuridagi, prezident Toqayev boshchilik qiladigan sunʼiy intellekt boʻyicha kengash ushbu qarorni qabul qilgan edi. Qaror qabul qilishda hukumat ilovaning „zamonaviyligi, xavfsizligi va qulayligi“ga eʼtibor qaratdi.[1] Qarorni Toqayevning oʻzi ham qoʻllab-quvvatlab, topshiriq bergan[6].
Xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilar Aitu SuperApp ilovasini Google Play va App Store orqali yuklab olishlari, ilovada oʻzlarini telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin[5]. Qozoq tilini oʻrganish uchun ham foydalansa bo'ladi.[7]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Әбітай, Ақсәуле „Мемлекеттік мекемелер ұлттық Aitu мессенджеріне өтеді, ол қандай қосымша?“ (kk). kz.kursiv.media (2025-yil 12-avgust). Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ Dana Askar. „По каким продуктам IT-компания из РК планирует конкурировать с мировыми корпорациями“ (ruscha). kapital.kz (2023-yil 26-aprel). Qaraldi: 2025-yil 13-avgust.
- ↑ „Aitu қосымшасын да пайдалануға болады“ (kk). Егемен Қазақстан (2021-yil 26-may). Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ „Қазақстандықтар мемлекеттік көрсетілетін қызметтерді Aitu қосымшасынан ала алады“ (kk). egov.kz (2021-yil 30-iyul). Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ 5,0 5,1 Әділбеков, Ақжігіт „Халық санағына онлайн қатысудың қандай қиындығы бар?“ (kk). kz.kursiv.media (2021-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ „Правительству Казахстана президент поручил перейти на национальный мессенджер“ (ru). zakon.kz (2025-yil 12-avgust). Qaraldi: 2025-yil 12-avgust.
- ↑ „10 приложений для изучения казахского языка“ (ruscha). weproject.media (2024-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 13-avgust.