Aholi xaritalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aholi xaritalari — Aholining joylanishi va aholini joylashtirish, uning tarkibi va qayta tiklanishi, aholini koʻchirish va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni koʻrsatadigan xaritalar. aholi xaritalari hududni iqtisodiy geografik baholash, xalq xoʻjaligini rejalashtirish, ijtimoiy xizmat va madaniy qurilish masalalarini hal qilishda muxim ahamiyat kasb etadi. aholi xaritalarini tuzishda har xil xaritagrafik usullardan: belgilar, xaritadiagramma, xaritagramma, chiziqli belgilar (epyuralar), nuqtalar, areallar va b.lardan foydalaniladi. aholi xaritalari mazmuniga koʻra aholining joylanishi va uni joylashtirish xaritalariga, demografik, etnografik-antropologik va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarga boʻlinadi.

Oʻzbekiston aholisi 1980-yilda Oʻzbekistonning oʻquv-oʻlkashunoslik atlasida, 1985-yilda 2 jildli Oʻzbekistonning ilmiy-maʼlumotnomali atlasida oʻz ifodasini toptan. toshkentning 2000 yilligiga bagʻishlab nashr etilgan maxsus geografik atlasda aholi xaritalari berildi. 1992-yil Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasi geografiya boʻlimi 1,1 mln. masshtabli oʻzbekiston aholisining milliy tarkibi xaritasini nashr etdi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil