Nazira Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedova Naziradan yoʻnaltirildi)

Nazira Ahmedova (5-iyun 1913, Namangan — 25-fevral 1964, Toshkent) — oʻzbek opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1927-30) da taʼlim olgan. Oʻzbek ishchiyoshlar teatri (1930), Hamza teatri (1931) artisti. Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1932), Oʻzbek musiqa teatri (1935- 39), Navoiy teatri (1939-64) yakka xonandasi. Oʻzbek, qardosh xalqlar operalari va chet el hamda rus klassik operalarida 20 dan ortiq rollar ijro etgan: Norgul, Nodira (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, „Boʻron“, 1939- 43, „Buyuk kanal“, 1941), Tana (Yevgeniy Brusilovskiy, „Er Targʻin“, 1939-43), Asal, Layli (R. Glier, T. Sodiqov, „Gulsara“, 1949-54, „Layli va Majnun“, 1954-58), Mikaela (J. Vize, „Karmen“, 1944-47) va boshqa Qator oʻzbek xalq qoʻshiqlari va kompozitorlarning romanslari (D. Zokirov, „Kurmadim“, M. Burhonov, „Ishqida“, T. Sodiqov, „Sar-vigul“)ni mahorat bilan ijro etgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]