Tursun Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Tursundan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Tursun Ahmedov (1917.7.11, Toshkent – 1983.16.9) – naqqosh, kulol, ganch o‘ymakori; O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1974). Toshkent badiiy o‘quv ishlab chiqarish ktida tahsil ko‘rgan (1935–38). Navoiy teatrini ta’mirlashda qatnashgan. 1969–78 yillar Toshkentda qurilgan ko‘pgina yangi inshootlar (jum-ladan, hozirgi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi binosi)ni bezashda faol ishtirok etgan. Toshkent uslubida naqshlagan mebellari, islimiy naqshlar bilan bezagan laganlari va boshqa asarlari bilan xalqaro va respublika ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. Asarlari O‘zbekiston san’at muzeyi ("Namoyon", 1958, yog‘och, tempera) va Ama-liy san’at muzeyida (mas, 8 qirrali kursi) saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil