Turgʻun Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Turg‘undan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Turg‘un Ahmedov (1925, Mirzacho‘l shaharchasi, hozirgi Guliston shahri – 1944.30.7) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1-Moskva o‘qchi diviziyasi 169-polkining jangchisi, kichik serjant. 1944 yil 14 iyulda Litvaning Alitus shahri yaqinida Neman daryosini birinchilardan bo‘lib kechib o‘tib, dushmanning qarshi hujumini qaytarib turgan. 1944 yil 30 iyulda Litvaning Alitus tumanida qahramonlarcha halok bo‘lgan. Neman daryosidan o‘tish paytida ko‘rsatgan jasorati uchun Ahmedovga o‘limidan keyin Qahramon unvoni berilgan (1945 yil 2 mart).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil