Gʻulom Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Gʻulom Ahmedovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

G‘ulom Ahmedovich Ahmedov (1916.11.8, Turkiston shahri, Qozog‘iston) – huquqshunos olim. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari doktori (1973), prof (1986). 1937 – 41 yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida ta’lim olgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sek-torining mudiri (1959 – 96), 1997 yildan – ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jino-yat huquqini takomillashtirish xususan giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bag‘ishlangan. Huquqshunoslikka doir lug‘atlar tuzgan, o‘zbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qo‘shgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil