Boʻriboy Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedov Boʻriboydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Bori Ahmedov 1980s.jpg
Bori Ahmedov 1990.jpg

Ahmedov Bo‘riboy (1924.12.8, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv qishlog‘i) – tarixchi, sharqshunos. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo‘lim boshlig‘i (196090). 1991 yildan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi (1995 yildan). A.ning ilmiy faoliyati o‘zbek xalqining etnik tarixi va shak-llanishi, manbashunoslik, O‘rta Osiyo xalqlarining 1019-asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yo‘nalishlarga qaratilgan. Bir qancha qo‘llanma, lug‘atlar ("Tarixdan qisqacha izohli lug‘at", 1977) muallifi. Amir Temurning 660 yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib ma’ruzalar qildi. "Amir Temur" tarixiy romanini yezdi (1995). Bir kancha kito-blarga mas’ul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati a’zosi (1997 yildan). Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). "Amir Temur" (1997), "Buyuk xizmatlari uchun" (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.

Asoslar[tahrir]

  • O‘zbeklarning kelib chiqishi tarixidan, T., 1963;
  • Istoriya Balxa, T., 1982;
  • O‘zbekiston tarixi manbalari, T., 1986;
  • O‘zbek ulusi, T., 1992;
  • Tarixdan saboqlar, T., 1994.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil