Boʻri Ahmedov
(Ahmedov Boʻridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Boʻri Ahmedov (1914, Sherobod tumani – 1981, Oltinsoy tumani) – o‘zbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining asoschilaridan biri – Shernaning o‘g‘li Normurod baxshining shogirdi. Undan "Alpomish", "Oyparcha", "Yusuf bilan Ahmad", "Ollonazar Olchinbek", "Avazxon", "Nurali" kabi dostonlarni o‘rgangan. Uzoq yillar Tojikistonda yashadi va o‘qituvchilik qildi. Undan "Alpomish", "Nuralining yutilishi", "Sanam gavhar" kabi dostonlar yozib olingan. "Nuralining yutilishi" dostoni nashr etilgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |