Ahmed Gomaa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmed Gomaa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahmed Mohamed Ali Gomaa
Tavallud sanasi 16-avgust 1988-yil (1988-08-16) (35 yosh)[1]
Tavallud joyi Kafr El Sheikh, Misr
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Masry
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2004 Abou Bedway
2004—2008 Ghazl El Mahalla
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Ghazl El Mahalla
2009—2011 El Raja
2011—2014 El Mansoura 50 (26)
2014 Al Masry 112 (34)
2015Ittihad El Shorta (ijara) 19 (4)
2019Ohod (ijara) 6 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Misr 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 8-yanvar uchun)

Ahmed Gomaa (talaffuzi: Ahmad Goma) (arabcha: أحمد جمعة) (1988-yil 16-avgustda tugʻilgan) — misrlik futbolchi. Ahmed Gomaa Misr Premyer ligasi vakil „Al Masry“ futbol klubi va Misr milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abou Bedway[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilning Ramazon oyida Ahmed Gomaa doʻstlari bilan koʻchada futbol oʻynayotganida, „Abou Bedway“ futbol klubining menejeri Ibrahim Abou Sita ularni koʻrib qoladi va Ahmed Gomaaga klubda sinov oʻtkazishni taklif qiladi. Ahmed Gomaa futbol klubiga qoʻshilish gʻoyasini yoqtirmasdi va futbolni faqat sevimli mashgʻulot sifatida oʻynashni xohlardi. Lekin Ahmed Gomaaning oilasi va doʻstlari uni klubga qoʻshilish ajoyib futbol karyerasining boshlanishi boʻlishi mumkinligiga ishontirishdi. Ahmed Gomaa 15 yoshida „ Abou Bedway“ futbol klubiga qoʻshildi. Ahmed Gomaa jamoada atigi bir yil oʻynadi. Shundan soʻng, Ahmed Gomaa „Ghazl El Mahalla“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

Ghazl El Mahalla[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Ahmed Gomaa „Ghazl El Mahalla“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Ahmed Gomaa klub safida oʻrinbosarlar jamoasida oʻynash uchun tanlangan edi. Ahmed Gomaa 4 yil oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagach, (murabbiy Khaled Eid Ahmed Gomaaning oʻyin uslubiga qoyil qolganidan soʻng) asosiy jamoaga koʻtarildi. Biroq, Ahmed Gomaa „Ghazl El Mahalla“ futbol klubining asosiy jamoasi bilan atigi 1 mavsum oʻynagach, oʻzaro kelishuvga koʻra jamoani tark etdi.

El Raja[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Ahmed Gomaa „El Raja“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Ahmed Gomaa klub safida 2 yil oʻtkazdi. Ahmed Gomaa klubning 2010—2011-yilgi mavsumda Misr ikkinchi divizionidan quyi ligaga tushib ketmasligiga yordam berdi.

El Mansoura[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Ahmed Gomaa „El Mansoura“ futbol klubiga 400 000 LE maosh evaziga 3 yillik shartnoma asosida qoʻshildi[3]. Ahmed Gomaa 2011-yilning 17-noyabrida 2011—2012-yilgi Misr ikkinchi divizioni vakili „Baladeyet El Mahalla“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan) oʻzining ilk golini kiritdi. Ahmed Gomaa klub safidagi oʻzining birinchi mavsumida 7 ta oʻyinda 4 ta gol urdi. Bu mavsumda Port Said stadionidagi tartibsizlikdan soʻng Misrdagi barcha futbol musobaqalari Misr futbol assotsiatsiyasi tomonidan toʻxtatilgan edi[4]. Ahmed Gomaa oʻzining ikkinchi mavsumini klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi. Ahmed Gomaa, shuningdek, keyingi mavsumda ham klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi[5].

Al Masry[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 22-iyulida Ahmed Gomaa „Al Masry“ futbol klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]