Ahmadnagar (davlat)
Ahmadnagar — Dekan (Markaziy Hindiston)da inqirozga yuz tutgan Bahmaniylar sultonligi harobalari oʻrnida vujudga kelgan oʻrta asr hind davlati. 1490-yilda Bahmaniy davlatining Jun-nor viloyatidagi noibi Malik Ahmad oʻzini nizomshoh unvoni bilan mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan. Ahmadnagar shahri (1494-yil asos solingan) A. davlatining poytaxti boʻlgan. 16-asr oxiri — 17-asr boshida A. Boburiylar bilan uzoq urushlar olib borgan. 1636-yil A.ni Shoh Jahon butunlay egallab, oʻgʻli Avrangzebni Dekanga noib etib tayinlagan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |