Ahmad Jaloyir Ibn Sulton Uvays

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmad jaloyir ibn Sulton Uvaysdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Jaloyir Ibn Sulton Uvays (? – 1410) – Jaloyiriylar sultoni (1382–1410). Akasi Husayn hukmronligi davrida Basra noibi boʻlgan (1375 yildan). 1382 yil isyon koʻtarib poytaxt Tabrizni egallagan va akasini qatl etishga farmon bergan; biroq qolgan akalari bilan boʻlgan shiddatli kurashlardan soʻnggina davlatning oliy hukmdori deb tan olingan (1384 yildan). Hukmronligining dastlabki yillari (1386–87)da Tabrizni Toʻxtamishxon, soʻng Amir Temur, keyin qora qoʻyunlilar boshligʻi Qora Muhammad egallagan. 1393 yil Tabrizdan keyingi ikkinchi yirik shahar – Bagʻdod ham Temur tomonidan zabt etilgan. A. J. Misrga qochgai va 1394 yil yanvarda Bagʻdodga qaytib, qora qoʻyunlilardan Qora Yusuf yordamida bir necha yil hokimiyatni boshqargan. 1401 yil iyulda Bagʻdod Temur tomonidan ikkinchi marotaba fath qilingan; A.J. shaharni ilgariroq tashlab chiqib Qora Yusuf bilan birga avval Shom (Suriya) ga, soʻngra Kichik Osiyoga yoʻl olgan. Temur va Boyazid oʻrtasidagi urushyaan foydalanib, Bagʻdodni qisqa muddat egallab turgan, soʻng ittifoqchisi Qora Yusuf bilan yana Shomga qochgan. Bagʻdodni egallagan temuriy shahzoda Abu Bakr ularni taʼqib qilgan. Shomda A. J. va Qora Yusuf hibsga olingan va 1405 yilda, Temur vafotidan soʻnggina ozod qilinganlar. 1410 yil 30 avgustda A.J. qoʻshini Tabriz yaqinida Qora Yusuf tomonidan tor-mor keltirilgan, oʻzi esa qatl etilgan. Manbalarga koʻra, A. J. shafqatsiz, makkor hukmdor boʻlsada, jasur jangchi, olimlar, shoirlar rahnamosi boʻlgan, arab va fors tillarida sheʼrlar hamda musiqaga oid bir qancha risolalar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil