Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 830-yil (hijriy 215-yil)
Vafoti milodiy 915-yil (hijriy 303-yil)
Dini Islom

Ahmad ibn Shuʼayb ibn Ali ibn Sinon ibn Bahr ibn Dinor an-Nasoiy — muhaddis va hofiz (ko‘plab hadislarni yoddan biluvchi) bo‘lgan. U Nasoda miloduy 830-yilda tug‘ilgan, ko‘plab ulamolardan hadis eshitgan. Nishopur, Iroq, Shom, Misr, Hijoz va Arabiston yarimoroli o‘lkalariga safar qilgan. Undan ko‘plab roviylar hadis rivoyat qilishgan. U 915-yilda shaʼbon oyida Makka shahrida vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „as-Sunan al-kubro va-s-sug‘ro“ („Katta va kichik sunan to‘plam“)
  • „al-Xasois fi fazli Ali ibn Abi Tolib va ahli-l-bayt“ („Ali ibn Abu Tolib va ahli bayt fazilatining xususiyatlari“)
  • „Kitobu-z-zuʼafo va-l-matrukin“ (Zaif va hadislari tark etilgan roviylar haqidagi kitob)
  • „Manosiku-n-Nasoiy“ („Nasoiyning marosimlar kitobi“)
  • „Jamʼu Musnadi Molik ibn Anas va Musnadi Ali ibn Abi Tolib“ („Molik ibn Anas va Ali ibn Abu Tolib musnadlari to‘plami“)
  • „Ag‘robu shuʼbai Sufyon“
  • „Asmou-l-muhaddisiyn“ („Muhaddislarning ismlari“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 54 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.