Ahmad ibn Iso ibn Zayd
| Ahmad ibn Iso ibn Zayd | |
|---|---|
| أحمد بن عیسی بن زید | |
| Tavalludi |
Abu Abdulloh Ahmad ibn Iso ibn Zayd ibn Ali milodiy 774, 775 yoki 776-yil (hijriy 157, 158 yoki 159-yil |
| Vafoti | milodiy 854 yoki 861(hijriy 240 yoki 247) |
| Kasbi |
|
| Bolalari |
|
| Otasi | Iso Muʼtam al-Ashbal ibn Zayd ibn Ali ibn al-Husayn Zayn al-Abidin |
| Onasi | Atika binti Fadl ibn Abdurahmon |
Ahmad ibn iso ibn Zayd (arabcha: أحمد بن عیسی بن زید; 774 yoki undan keyin tugʻilgan – 854 yoki 861-yilda vafot etgan) – islomiy ilohiyotchi, muhaddis, faqih. Zayd ibn Alining nevarasi, dastlabki Abbosiylar davrida yashagan Alilardan, Zaydiyya mazhabining yetuk ulamolaridan biri sanaladi. Kunyasi Abu Abdulloh, laqabi al-Muxtafiy boʻlgan[1][2][3]. Uning otasi Iso Mu’tam al-Ashbal ibn Zayd Zaydiyyaning 13-imomi hisoblanadi. Aksariyat hayotini taʼqib ostida yashirin holda oʻtkazgan. Al-Muxtafiy laqabi unga oltmish yillik hayotini yashirin tarzda oʻtkazgani sababli berilgan[4][5][6].
Ahmad ibn Isa ibn Zaydning rivoyat qilgan hadislari va fiqh sohasidagi fikrlari Muhammad ibn Mansur al-Murodiy tomonidan toʻplangan boʻlib[7], bu asar „Amali Ahmad ibn Iso va Ulum al-Muhammad“ (arabcha: امالی احمد بن عیسی و علوم آل محمد(ص)) nomi bilan mashhur. Ushbu kitob Zaydiy olimlari va rivoyatchilari tomonidan asosiy manbalardan biri sifatida doimiy eʼtirof etib kelingan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ اصفهانی, ابوالفرج. مقاتل الطالبیین, قاهره — ۴۰۸-bet. „به کوشش احمد صفر، ۱۳۶۸ق/۱۹۴۹م.“
- ↑ زرکلی, خیرالدین. الأعلام. بیروت: دار العلم للملایین — ۱۹۱-bet. „پنجم، ۱۹۸۰م“
- ↑ حسینى زبيدى واسطى, سيد مرتضى. تاج العروس من جواهر القاموس. بیروت: دار الفکر — ۳۸۵-bet. „تحقیق: علی شیری، اول، ۱۴۱۴ق“
- ↑ ابن حمدون, محمد بن حسن. التذکرة الحمدونیة. بیروت: دار صادر — ۱۹۵-bet. „تحقیق: احسان عباس - بکر عباس، اول، ۱۴۱۷ق“
- ↑ نمازی شاهرودی, علی بن محمد. مستدرکات علم رجال الحدیث. تهران: شفق - حیدری — ۳۹۳-bet. „اول، ۱۴۱۲ق“
- ↑ سبحانی, جعفر بن محمد حسین. موسوعة طبقات الفقهاء. قم: تحقیق و نشر: مؤسسة الإمام الصادق — ۸۳-bet. „اول، ۱۴۱۸ق؛“
- ↑ „مرادی، محمد بن منصور - ویکینور، دانشنامۀ تخصصی“ (fa). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.