Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 929-yil (hijriy 317-yil)
Dini Islom

Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy al-Bardaiy — faqih. U Ustrushanada tavallud topgan. Abu Bakr Xatib al-Bag‘dodiy o‘zining „Tarixu Bag‘dod av madinat as-salom“ („Bag‘dod yoki tinchlik shahri tarixi“) asarida shunday hikoya qiladi: „Shayx imom Abu Said Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy al-Bardaiy mashhur faqihdir. Alloma o‘z zamonida qarmatiylarga qarshi keskin fikrlar bildirgani uchun qarmatiylar tomonidan milodiy 929-yilda(hijriy 317-yil) haj safariga ketayotganda yo‘lda qatl etilgan“[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 56 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.