Ahmad bin Hamad al-Xaliliy
Qiyofa
MisolSheyx Ahmad bin Hamad Al-Xaliliy (1942-yil tugʻilgan) Ummon sultonligining Buyuk muftisi[1]
Fikrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosh muftiy muntazam ravishda televideniyeda chiqish qilib, koʻrsatuv davomida aholining Islom diniga oid turli savollariga javob beradi. Ahmad al-Xaliliy hukumatni Arabiston yarim orolida joylashgan, liberal davlatlardan biri boʻlgan Ummon hududida spirtli ichimliklarni taqiqlashga chaqirdi.
- Shunga qaramay, Muftiy diniy bagʻrikenglikning kuchli tarafdori boʻlib, Ummondagi turli diniy maktablarning qarashlari oʻrtasida oʻzaro murosani taʼminlash uchun qattiq mehnat qiladi[2].
- Al-Xaliliy musulmon pravoslavligini farqlash uchun kengash asosi boʻladigan „Amman Xabari“ni imzoladi.
- 2021-yil avgust oyida muftiy: „Aniq gʻalaba va tajovuzkor bosqinchilarning buyuk zabt etilishi, hamda biz ham oʻzimizni va butun islom millatini Xudoning samimiy vaʼdasini bajarganimiz uchun tabriklaymiz.“ – deya Tolibonlarga tabrik bildirdi[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad bin Hamad al-Xaliliy 1942-yil 27-iyulda Zanzibar orolida (Zanzibar hali ham Ummondan boʻlgan as-Said sultonlarning hukmronligi ostida boʻlgan paytda) tugʻilgan. Uning qabilaviy uyi Bahla shahrida joylashgan.
U Adliya, Islom ishlari va Avqaf va Islom ishlari vazirligining direktori etib tayinlangan. Shuningdek, Ahmad al-Xaliliy hijriy 1395-yilda (milodiy 1975 yilda) olim Ibrohim bin Said al-Abriy vafot etganidan soʻng, qirollik farmoni bilan Ummondagi Oliy Islom hokimyati Ummon Sultonligining Bosh Muftisi etib tayinlandi[4].
Mukofatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Religious edicts forbidding the declaration of any Muslim“. Al Bawaba (2005-yil 6-iyul). 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-noyabr.
- ↑ „Al-Khalili, HE Sheikh Ahmad | The Muslim 500“. themuslim500.com. 2016-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-may.
- ↑ „Afghanistan: Oman grand mufti hails Taliban takeover as 'clear victory'“.
- ↑ „Sheikh Ahmed Al-Khalili“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyun.
- ↑ „President confers civil awards on prominent citizens“ (2022-yil 23-mart).
- ↑ „President confers civil awards on prominent citizens, foreign nationals“ (2022-yil 24-mart).