Ahmad bin Ali stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad bin Ali Stadium
Joyi Umm Al Afaei, Al Rayyan, Qatar
Koordinatalari 25°19′47″N 51°20′32″E
Qachon ochilgan 2003 (eski stadion), 2020-yil 18-dekabr
Yuzasi Chim
Meʼmor Pattern Design

Ahmad bin Ali stadioni (arabcha: ملعب أحمد بن علي),[1][2] xalq orasida Al-Rayyan stadioni nomi bilan tanilgan, Qatarning Al-Rayyan shahridagi koʻp maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan stadion boʻlib, hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi va u Al-Rayyan sport klubi va Al-Xaritiyath sport klubi stadioni hisoblanadi. Stadion 1960-yildan 1972-yilgacha Qatar amiri boʻlgan Ahmad bin Ali Ol Tani nomi bilan atalgan.[3] 2003-yilda qurilgan sobiq stadion 21282 oʻrindiqga ega boʻlib, 2015-yilda buzib tashlangan.[4] Yangi Ar-Rayyan stadioni 50 000 tomoshabinga moʻljallangan.[5]

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad bin Ali stadioni Qatar-2022 FIFA Jahon chempionati uchun konvertatsiya qilinadigan sakkizta stadiondan biridir.[6][7]

Sobiq Ahmad bin Ali stadioni 2015-yilda[8] „Ar-Rayyan“ stadioniga joy ochish uchun buzib tashlangan. Stadionning buzilishi natijasida qolgan vayronalarning 90 foizi yangi stadion yoki ommaviy sanʼat loyihalari uchun qayta ishlatilishi kutilmoqda.[9]

Yangi stadion qurilishi 2016-yilning boshida boshlangan.[10] Bu Al-Balagh va Larsen & Toubro oʻrtasidagi qoʻshma korxona tomonidan amalga oshirildi. Jahon chempionatidan keyin stadion 21 000 oʻrindiqgacha qisqaradi.[11] Yangi stadion Qatar mezbonlik qiladigan 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati uchun qurilgan.[12]

Taʼmirlash prognozlar, yangiliklar, reklama roliklari, sport yangiliklari, joriy turnir maʼlumotlari va oʻyinlar uchun ekran vazifasini bajaradigan membranali ulkan „mediafasad“ni oʻz ichiga oladi. Oʻrindiqlar sigʻimi 40 740 taga koʻpaytirildi[13] va barcha oʻrindiqlar soya boʻlishi taʼminlandi.

Stadionning ochilishi 2020-yil 18-dekabrda, Qatar milliy kunida boʻlib oʻtdi va mamlakat 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati finaliga mezbonlik qilishidan roppa-rosa ikki yil oldin boʻlib oʻtdi.[14] Stadion 2020-yilgi klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun foydalanilgan ikkita maydondan biri edi.[15][16]

Stadion 2021-yilgi Arab futbol kubogi doirasidagi toʻrtta oʻyinga mezbonlik qildi.[17]

2022-yilgi FIFA Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad bin Ali stadioni 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati doirasida yettita oʻyinga mezbonlik qiladi.

Sana Vaqt 1-jamoa Natija 2-jamoa Bosqich Tomoshabinlar
2022-yil 21-noyabr 22:00  AQSh 1-1  Uels B guruhi
2022-yil 23-noyabr 22:00  Belgiya 1-0  Kanada F guruhi
2022-yil 25-noyabr 13:00  Uels 0-2  Eron B guruhi
2022-yil 27-noyabr 13:00  Yaponiya 0-1  Kosta Rika E guruhi
2022-yil 29-noyabr 22:00  Uels v  Angliya B guruhi
2022-yil 1-dekabr 18:00  Xorvatiya v  Belgiya F guruhi
2022-yil 3-dekabr 22:00 C guruhi gʻoliblari v „D“ guruhida ikkinchi oʻrin sohibi 16-tur

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ahmad Bin Ali Stadium“. Supreme Committee for Delivery & Legacy. 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  2. „Ahmad bin Ali Stadium“. FIFA. Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  3. „Qatar inaugurates fourth stadium for the 2022 World Cup in Al Rayyan“. Goal (18-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  4. „New stadium: Ahmad bin Ali Stadium, the desert dune“. stadiumdb.com (26-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
  5. „Al Rayyan Stadium Qatar“. onlineqatar.com (13-may 2019-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2021-yil.
  6. „2022 Qatar World Cup: Al Rayyan stadium achieves major sustainability rating“. goal.com (12-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  7. „Al Rayyan Stadium achieves prestigious sustainability ratings“. thepeninsulaqatar.com (11-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2021-yil.
  8. „Ahmed bin Ali Stadium (Al-Rayyan Stadium) – until 2014“. stadiumdb.com. Qaraldi: 1-fevral 2022-yil.
  9. „Qatar Unveils Fifth World Cup Venue: Al Rayyan Stadium by Pattern Architects“. archdaily.com (23-aprel 2015-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  10. „Qatar 2022: Al Rayyan Stadium sees first concrete pouring“. StadiumDB (17-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 30-aprel 2017-yil.
  11. „Qatar Unveils Fifth World Cup Venue: Al Rayyan Stadium by Pattern Architects“. archdaily.com (23-aprel 2015-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  12. Neha Bhatia. „Revealed: The firms behind the construction Qatar's World Cup stadiums“. Arabian Business (13-avgust 2015-yil). Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  13. „Construction: Al-Rayyan Stadium – StadiumDB.com“. stadiumdb.com (2-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  14. „Al Rayyan stadium to open on Qatar National Day“. Gulf Times (3-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2020-yil.
  15. „Education City and Ahmad Bin Ali stadiums to host FIFA Club World Cup 2020™“. FIFA (18-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  16. „Doha all set to host 2020 FIFA Club World Cup“. iloveqatar.net (23-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2021-yil.
  17. „2021 FIFA Arab Cup: Participating teams, fixtures and all you need to know“. goal.com (18-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]