Jazzor posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmad Poshodan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Jazzor posho, Jazzor, Ahmad posho (taxminan 1735—1804, aprel, Akka) — Falastin va Suriyaning koʻpgina qismi hokimi (1775—1804). Bosniyalik. Oʻz faoliyatini Misrda mamluk sifatida boshlagan (1756); badaviylar qoʻzgʻolonini bostirishda koʻrsatgan shafqatsizligi uchun "qassob" (arab, "jazzor") laqabini olgan. 1775 y.da Sayda voliysi (hokimi) etib tayinlangan. 1790 y.da Damashq poshosi boʻlgan. Turk sultoni xrkimiyatini nomigagina tan olgan, butun Suriya va Falastinning amaldagi hokimi. Oʻzining armiyasi boʻlgan. Savdo va q. x. monopoliyasi tizimini joriy qilgan. Xalq qoʻzgʻolonlarini shafqatsiz bostirgan. Napoleon I Bonapart qoʻshinlari Akkani qamal qilishganda (1799 y. 21 mart — 20 may) J.p. qoʻshinlari unga bardosh berib, raqiblarini chekinishga majbur qilishgan. 18-asrdagi Misr tarixi boʻyicha muhim boʻlgan "Nizomnomayi Misr" ("Misr tavsifi") muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil