Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir (9-asr) – astronom. Ahmad al-Fargʻoniy zamondoshi, tarixda Muhammad va Hasan ibn Muso ibn Shokir nomi bilan mashhur boʻlgan uch aka-uka hayʼatshunos (munajjim)larning biri. Aka-ukalari katorida Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir M. Maʼmun akademiyasi hisoblangan "Bayt ul-hikmat"da ishlagan vaqnida Vizantiyadagi yunoncha qoʻlyozma manbalarni koʻrish uchun uyushtirilgan ekspeditsiyada qatnashgan. U Ahmad al-Fargʻoniy rahbarligida aka-ukalari bilan Sanjar sahrosi va Kufaning Tot degan joyida xalifa Maʼmunning topshirigʻi bilan yer meridiani boʻylab kenglik darajalari orasini muvaffaqiyatli ravishda oʻlchagan. Aka-ukalar Bagʻdoddagi Bob utToq (Toq darvozasi) degan joy 33°20’ shimoliy kengliqda ekanligini juda toʻgʻri aniqlashgan. Ahmad Ibn Muso Ibn Shokir M. "Kitobi Maʼrifat misohat il-ashkol il-basita valquraviya" ("Yumaloq va tekis shakllarni oʻlchashni oʻrganish") nomli 18 bobdan iborat asar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil