Ahmad Arabnajniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmad Arabnajniy (arabcha: أبو بكر أحمد الاربنجني — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanash Arabnajniy) — roviy, faqih va qozi.

Ahmad Arabnajniy IX asr oxirida Samarqandga qarashli Arabnajn qishlogʻida tugʻilgan. U ishonchli roviy va hanafilik mazhabining taniqli faqihi boʻlgan. Keyinchalik tugʻilib oʻsgan qishlogʻi Arabnajnda qozilik qilgan.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad Arabnajniy asosiy taʼlimni padari buzrukvori Muhammad ibn Muso ibn Rijoʻ ibn Hanashdan olgan va undan hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmad Arabnajniydan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad va Abulabbos Idris Arabnajniy kabi allomalar hadis rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Ahmad Arabnajniyning vafot etgan yili borasida turlicha qarashlar mavjud. Manbalarning baʼzisida 369/979 yil rabiʼu-s-soniy (oktabr) oyida vafot etgan deyilsa,[1][2] baʼzisida 315/927 yil deb[3] keltirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 21.
  2. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 4. — Bayrut, 1979. 302.
  3. Abulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 35. Doru-l-hidoya. 74.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.