Ahmad (Kalat)
| Xon Mir Sir Ahmadyorxon Ahmadzay | |
|---|---|
|
Muhammad Ali Jinnoh (chapda) Kalat xoni (oʻngda) bilan | |
| 18-Kalat xoni | |
|
Mansab davri 1933-yil 10-sentyabr – 1979 (1955-yil 14-oktyabrdan boshlab daʼvogar sifatida) | |
| Oʻtmishdoshi | Azamjonxon |
| Vorisi | Mir Sulaymon Dovudjon(1979-yildan daʼvogar) |
| 5-Balujiston hokimi | |
|
Mansab davri 1974-yil 1-yanvar – 1977-yil 5-iyul | |
| Oʻtmishdoshi | Akbarxon Bugtiy |
| Vorisi | Xudabaxsh Marri |
| Balujiston bosh vaziri | Muhammadxon Barozay |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
Ahmadyorxon Ahmadzay 1902 Kalat xonligi, Britaniya Hindistoni (hozirgi Balujiston, Pokiston) |
| Vafoti |
1979 (77 yoshda) Kalat, Balujiston, Pokiston |
Mir Ahmadyorxon Ahmedzay (1902—1979) yoki Ahmadyorxon Britaniya Hindistoni va Pokiston dominioni bilan subsidiar ittifoq asosida bogʻlangan Kalat xonligining xoni. Ahmadyorxon xonlikning soʻnggi xoni boʻlib, 1933-yil 10-sentabrdan 1955-yil 14-oktyabrgacha hukmronlik qilgan[manba kerak].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1920-yillarda Ahmadyor Britaniya razvedka xizmati agenti sifatida faoliyat yuritib, Rossiya taʼsiri va kambagʻal baluj aholisi orasida pro-marksistik kayfiyatning tarqalishi haqida maʼlumot bergan[1].
1933-yilda Kalat xonligi taxtiga oʻtirdi va 1936-yilgiYangi yil tantanalari roʻyxatida Britaniya tomonidan Eng nufuzli Hindiston imperiyasi ordenining (GCIE) Buyuk ritsar qoʻmondoni unvoni bilan taqdirlandi[2].
1947-yil avgustida Hindiston yarimorolidan britanlar chiqib ketishi bilan „Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonun“ga koʻra, Britaniya Hindistoni bilan yonma-yon, biroq undan tashqarida boʻlgan knyazlik davlatlari Britaniya bilan tuzilgan barcha subsidiar ittifoqlar va boshqa shartnoma majburiyatlaridan ozod etildi. Shu bilan birga Britaniya ham ularni himoya qilish majburiyatidan voz kechdi. Hukmdorlarga yangi mustaqil davlatlar Hindiston yoki Pokiston dominioniga qoʻshilish yoki har ikkisidan tashqarida mustaqil qolish masalasini hal qilish ixtiyori berildi[3]. Sardor Patel 1948-yil yanvar oyidagi matbuot anjumanida taʼkidlaganidek: „Barchangizga maʼlumki, qaramlik tugashi bilan har bir hind davlati alohida mustaqil birlikka aylandi“[4].
Muhammad Ali Jinnoh 1940-yillar boshida Yorxonning yuridik maslahatchisi boʻlgan[5]. Jinnoh Yorxonni Pokistonga qoʻshilishga koʻndirdi. Biroq xon masalani choʻzdi. Muzokaralar davom etganidan soʻng xon nihoyat 1948-yil 27-martda Pokistonga qoʻshildi[6][7][8].
Yorxonning ukasi Shahzoda ogʻa Abdulkarim Baloch akasining qaroriga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi va Pokistonga qarshi qurolli kurash olib borish maqsadida Afgʻonistondan boshpana oldi. Biroq Balujistonning qolgan qismi isyonni keng qoʻllab-quvvatlamadi. Abdulkarim 1950-yilda nihoyat Pokistonga taslim boʻldi[9].
1952-yil 3-oktyabrda Pokistondagi knyazlik davlatlaridan biri boʻlgan Kalat uch qoʻshni davlat Xaran, Las Bela va Makran bilan birgalikda Balujiston davlatlar ittifoqiga kirdi. Yorxon esa „Xoni Azam“ unvoni bilan Ittifoq boshligʻi boʻldi. 1955-yil 14-oktyabrda Balujiston davlatlari ittifoqi tugatilib, Kalat Gʻarbiy Pokistonning Yagona ittifoqi tarkibiga qoʻshilgach, xonlik tugatildi va Yorxon hukmronligi yakunlandi[10].
Yorxon 1958-yil iyundan oktyabrgacha Pokiston davlatiga qarshi chiqib, oʻzini yana xon deb eʼlon qildi[11]. 1958-yil 6-oktyabrda Pokistondagi harbiy toʻntarish davomida prezident Iskandar Mirza agʻdarilishi fonida Pokiston hukumati Yorxonni davlatga xiyonat aybi bilan hibsga olib qamadi, biroq keyinroq ozod qildi va 1962-yilda qisqa muddatga unvonini tikladi[12][13]. Uning hibsga olinishi 1959-yilda Navroʻzxon boshchiligidagi qoʻzgʻolonga turtki boʻldi[14].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yorxonning toʻngʻich oʻgʻli Mir Sulaymon Dovudjon 1979-yilda otasi vafotidan soʻng Kalat xoni unvonini qabul qildi. Dovudjon vafot etgach, uning oʻgʻli Sulaymon Dovudjon yangi Kalat xoni boʻldi. Ushbu xon 2006-yilda Akbar Bugtining oʻlimidan buyon Londonda surgunda yashab kelmoqda. Bosh vazir Abdulmalik Baloch va Sanaulla Zehri uni Pokistonga qaytishga chaqirgan. Yorxonning kenja oʻgʻillari shahzoda Mohyuddin Baloch hamda nabirasi shahzoda Umar Dovudxon Pokistonda siyosat bilan shugʻullanadi[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Amin Saikal. Modern Afghanistan: A History of Struggle and Survival. I.B.Tauris, 2004 — 267-bet.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ Ishtiaq Ahmed, State, Nation and Ethnicity in Contemporary South Asia (London & New York, 1998), p. 99
- ↑ R. P. Bhargava, The Chamber of Princes (Northern Book Centre, 1991) [ p. 313]
- ↑ Farhan Hanif Siddiqi. The Politics of Ethnicity in Pakistan: The Baloch, Sindhi and Mohajir Ethnic Movements. Routledge, 2012 — 56–58-bet.
- ↑ Yaqoob Khan Bangash.. [„The princely India“] (2015-yil 10-may). 25] december 2015da asl nusxadan [arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-dekabr. „It was only after a protracted period of negotiations and certain tactics used by the Pakistani bureaucracy, and strange help of All India Radio, that Kalat finally acceded to Pakistan on March 27, 1948.“.
- ↑ [„In memory of Khan of Kalat“]. Nation. Qaraldi: 2014-yil 21-oktyabr. „The Khan announced his affiliation with Pakistan in 1948.“.
- ↑ [„Balochistan conundrum: Khan of Kalat's return is a distant possibility“]. Express Tribune. Qaraldi: 2013-yil 26-may. „Khan-e-Kalat Mir Ahmed Yar Khan’s decision of ceding the princely state of Kalat to Pakistan at the request of Quaid-e-Azam Muhammad Ali Jinnah in 1948.“.
- ↑ Qaiser Butt. [„Balochistan Princely Liaisons: The Khan family controls politics in Kalat“. The Express Tribune (2013-yil 22-aprel). — „Prince] Agha Abdul Karim Baloch, father of Irfan Karim and younger brother of Khan-e-Kalat Mir Ahmed Yar Khan, had revolted against his brother’s decision of accession of Kalat State to Pakistan at the request of Quaid-e-Azam Muhammad Ali Jinnah in 1948. Abdul Karim took refuge in Afghanistan to wage an armed resistance against Pakistan. However, he ultimately surrendered to Pakistan in 1950“.
- ↑ Farhan Hanif Siddiqi, The Politics of Ethnicity in Pakistan: The Baloch, Sindhi and Mohajir Ethnic Movements (Routledge, 2012), pp. 58–62
- ↑ [„Deposed Khan of Kalat restored“. Dawn (7] november 2012).
- ↑ Raṇabīra Samāddāra. The Materiality of Politics: Volume 1: The Technologies of Rule, Volume 1. Anthem Press, 2007 — 38-bet.
- ↑ James B. Minahan. Encyclopedia of the Stateless Nations: Ethnic and National Groups Around the World A-Z [4 Volumes]. ABC-CLIO, 2002 — 258-bet.
- ↑ Farhan Hanif Siddiqi. The Politics of Ethnicity in Pakistan: The Baloch, Sindhi and Mohajir Ethnic Movements. Routledge, 2012 — 71-bet.
- ↑ [„Khan of Kalat being persuaded to return home“. Dawn (29] june 2015).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Noorani, A. G. (January 16, 2009). „The taming of Kalat“. Frontline.
- Venkatesh, Karthik. „A slice of south India in Balochistan“ (2017-yil 19-fevral).