Ahiyi hiraviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahiyi hiraviy (15-asr) – hirotlik xushovoz hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning "Qaytadan dilimga tushdi, shunday zo‘r ishqu muhabbat..." mat-lali she’ri bilan o‘qiladigan turkiy zarb usulidagi Rosta panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishg‘ol etgach, A. H.ni Buxoroga olib ketgan. A. H. Buxoroda shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Darvish Maqsud Andijoniy, Hofiz Miroqiy Buxoriy, Hofiz Boqiy Ro‘diy kabi dongdor san’atkorlarni tarbiya-lab yetishtirgan. A. H. Zarbul-fathusuli (Iroqmaqomi yo‘li)dagi ik-kita musiqa asarlarini mashhur bastakorlar Xoja Bobo bilan Xoja Hamzaga bag‘ishlagan. Za-monasining mashhur musiqashunosi Dar-856vishali Changiy A. H.dan ko‘p naqshlar bilan savtlar qolganligini ta’kidlagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil