Ahiyi Hiraviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahiyi Hiraviy (15-asr) — hirotlik xushovoz hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning „Qaytadan dilimga tushdi, shunday zoʻr ishqu muhabbat…“ mat-lali sheʼri bilan oʻqiladigan turkiy zarb usulidagi Rosta panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishgʻol etgach, A. H.ni Buxoroga olib ketgan. A. H. Buxoroda shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, Darvish Maqsud Andijoniy, Hofiz Miroqiy Buxoriy, Hofiz Boqiy Roʻdiy kabi dongdor sanʼatkorlarni tarbiya-lab yetishtirgan. A. H. Zarbul-fathusuli (Iroqmaqomi yoʻli)dagi ik-kita musiqa asarlarini mashhur bastakorlar Xoja Bobo bilan Xoja Hamzaga bagʻishlagan. Za-monasining mashhur musiqashunosi Dar-856vishali Changiy A. H.dan koʻp naqshlar bilan savtlar qolganligini taʼkidlagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil