Aguapanela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ispancha: Aguapanela

Pandebono (ispancha – non) bulochkasi va kolumbiya aguapanela qahvasi.
Boshqa komponentlari Limon, laym, sut va dolchin.
Oʻxshashlari Kofe,choy
Retsepti Panela va suv.

Aguapanela (ispancha Aguapanela soʻzidan olingan) — Janubiy Amerika, Markaziy Amerika va Karib dengizi baʼzi hududlarida keng tarqalgan ichimlik turi. Ichimlikning nomi „panel suvi“ degan maʼnoni anglatadi, chunki u paneldan tayyorlangan (Panela yoki rapadura  - bu Markaziy va Lotin Amerikada yetishtiriladigan, tozalanmagan, briketlangan shakarqamish. Har qanday shakarqamish shakar singari saxarozaning qattiq shakli).

Ichimlikning nomi „panel suvi“ degan maʼnoni anglatadi, chunki u paneldan tayyorlangan (Panela yoki rapadura  - bu Markaziy va Lotin Amerikada yetishtiriladigan, tozalanmagan, briketlangan shakarqamish. Har qanday shakarqamish shakar singari saxarozaning qattiq shakli).

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aguapanela ichimligi issiq suvga panela boʻlaklarini qoʻshib, ular toʻliq eriguniga qadar aralashtirib tayyorlanadi. Ichimlikni issiq yoki sovutilgan holda dasturxonga tortish mumkin. Koʻpincha limon yoki laym oʻsimligi  bilan ham tayyorlanadi. Issiq boʻlsa, baʼzan sut  qoʻshiladi yoki oddiy suv oʻrniga issiq sut bilan suyultiriladi.

Aguapanelaning paydo boʻlishi panelning oddiy shakarga, hatto shakarqamishga qaraganda ancha boy va mazzali taʼmga ega ekanligi bilan bogʻliq.

Biroq, aguapanela, shuningdek, qahva kabi boshqa ichimliklar uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.

Ushbu ichimlikning kanelazo (ispancha: Canelazo) deb ataladigan alkogolli turi ham mavjud boʻlib, unga dolchin va aguardente qamish arogʻi qoʻshiladi. Ammo bir xil shakarqamishdan foydalaniladi.

Tarqatish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Kolumbiya  aholi jon boshiga panela ishlab chiqarish va isteʼmol qilish boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Uning katta qismini aholi aguapanela ichimligi koʻrinishida isteʼmol qiladi. Shu sabab ushbu ichimlikni deyarli hamma joyda yaʼni, qishloq joylaridan tortib, metropoliten, mashhur magazin va kafelarda  ham uchratish mumkin.

Aguapanela shuningdek, Ekvador, Chili, Peru, Kosta-Rika („agua dulce“ — „chuchuk suv“ nomi bilan) singari boshqa mamlakatlarda ham uchraydi.

Foydali xususiyatlarsh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aguapanela turli xil foydali xususiyatlarga ega degan eʼtiqodlar mavjud, ammo fan tomonidan tasdiqlanmagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ph. D, Alan Barclay; Sandall, Philippa; Shwide-Slavin, Claudia. The Ultimate Guide to Sugars and Sweeteners: Discover the Taste, Use, Nutrition, Science, and Lore, of Everything from Agave Nectar to Xylitol. Workman Publishing. ISBN 9781615192168.