Agrooʻrmon melioratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Agroo‘rmon melioratsiyasidan yoʻnaltirildi)

Agrooʻrmon melioratsiyasi — tuproqning meliorativ holatini va iqlim sharoitini daraxt ekish yoʻli bilan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olishga salbiy taʼsir qiluvchi qurgʻoqchilik, garmsel, shuproq eroziyasi, qum koʻchishlari kabi tabiat hodisalariga qarshi amalga oshiriladi. Agrooʻrmon melioratsiyasi agrotexnik, gidrotexnik, kimyoviy va qishloq xoʻjaligi melioratsiyasining boshqa turlari bilan birga yerlarni tubdan yaxshilashga xizmat qiladi hamda ularning tabiiy sharoitlariga uzoq muddat taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekistonda birinchi marta togʻ yon bagʻirlarida selga qarshi daraxtzorlar barpo qilishni 1880-yilda N. I. Korolkov Samarqand yaqinida (Omonqoʻton), 1889-yilda S. Yu. Rauner Toshkent yaqinida (Oqtosh) boshlagan edilar. Agrooʻrmon melioratsiyasi ayniqsa, yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar (Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Markaziy Fargʻona)da keng rivoj topdi. Oʻzbekiston hududining yirik uch tabiiy zonasida — vodiylarda (ihota, kanal boʻylari, yoʻl yoqalaridagi daraxt-zorlar), togʻlarda (suv eroziyasi va selning oldini olish maqsadida togʻlar yon bagʻrini oʻrmonga aylantirish) va qumli choʻllarda (aholi punktlarini va ekin-zorlarni qum koʻchishidan himoya qilish, yaylovlar unumini oshirish maqsadida daraxt va butalar ekish va sh.k.) ekma oʻrmonzorlar yaratilmoqda (qarang Ihota oʻrmonzorlari). Hamma katta sugʻorish ka-nallari (Janubiy Mirzachoʻl, Katta Fargʻona, Qarshi, Amu-Buxoro va hokazo) boʻylab, shuningdek, suv omborlari atrofida da-raxtzorlar barpo qilingan. Oʻzbekistonda qumliklarni oʻzlashtirish ishlari 30 — 40-yillarda boshlangan. Koʻchma qumlarni fitome-lioratsiya bilan mustahkamlash usullari ishlab chiqildi. Shu yoʻl bilan Buxoro vohasining choʻlga tutash yerlarini qum bosishdan saqlash uchun Qizilqum etaklarida uz. 120 km boʻlgan „Buxoro toʻsigʻi“ deb ataluvchi daraxtzor mintaqasi bar-po etildi. Kumloq yerlarni kompleks oʻzlashtirishda turli texnologik usullar (mas, fitomelioratsiya, qumlarni maxsus kimyoviy moddalar bilan mustahkamlash va hokazo) keng qoʻllaniladi. Orol dengizining qurigan qismidagi qumliklarni mustahkamlashda Agrooʻrmon melioratsiyasi usullaridan keng 171foydalanilmoqda. Har yili 10-12 ming ga maydonlarda oʻrmonzorlar bar-po etilmoqda. Koʻkalamzorlashtirilgan maydonlar 70 mingga (1997). Agrooʻrmon melioratsiyasi sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti (1948) da, Toshkent agrar universitetining oʻrmonshunoslik kafedrasida, qishloq xoʻjaligi taj-riba stansiyalarida olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qayimov, Abduxalil. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil