Agrometeorologiya posti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrometeorologiya posti — kundalik meteorologik va agromete-orologik kuzatishlar olib boradigan hamda kuzatish natijalariga birlamchi ishlov beradigan muassasa. Agrometeorologiya posti larda kuzatish ishlari maxsus jihozlangan meteomaydonchalarda (5x6 m), bevosita ekinzorlarda yagona uslub hamda dastur asosida olib boriladi. Meteorologik maydonchada yil davomida har kuni tuproq yuzasidan 2 m balandlikdagi havoning harorati (qorasovuq kutiladigan bahor va kuz oylarida havoning minimal harorati yer yuzasidan 2 sm 163balandlikda minimal termometr yorda-mida) oʻlchanadi; yogʻinlar miqdori, qor qoplamining qalinligi va yer yuzasining qor bilan qoplanganlik darajasi; atm. hodisalarining harakteri (qor, yomgʻir, doʻl, shudring, qirov, shamol, boʻron, momaqaldiroq va hokazo) qayd qilinadi. Ekinzorlarda oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosil toʻplashi boʻyicha bevosita kuzatishlar oʻgkaziladi, ri-vojlanish davrlari koʻringan kunlar qayd qilinadi, oʻsimlikning holati baholanadi; erta bahorda tuproq yetilgandan boshlab urugʻ unib chiqqunga qadar tuproqning urugʻ koʻmilgan hamda 20 sm chuq.gacha qatlami harorati oʻlchab boriladi; tuproqning yuqori qatlami holati va namlik darajasi qayd qilinadi. Agrometeorologiya posti kuzatish natijalari va ob-havo prognozoʻ asosida kundalik maʼlumot tuzadi. Kundalik va oʻn kunlik yakuniy maʼlumotlarni oʻzi biriktirilgan gidrometstansiyaga yuboradi. Meteorologik va agro-meteorologik maʼlumotlardan xatarli ob-havo hodisalaridan xabardor qilish, agrotexnik tadbirlar muddatlarini bel-gilashda foydalaniladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalari ixtiyorida (idoraviy) 20, „Boshgidromet“ tizimida 25 Agrometeorologiya posti ish-laydi (1999).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil