Agrometeorologik omillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Agrometeorologik omillar – o‘simlikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan va uning hosildorligini baholashga imkon be-radigan omillar (o‘rtacha sutkalik havo harorati, havoning namlik miqdori, shamolning tezligi, quyosh radiatsiyasi, tuproq harorati, qorasovuq va hokazo). Odatda Agrometeorologik omillar asosiy va ikkinchi darajali turlarga bo‘linadi. Mac, harorat vege-tatsion davrda past bo‘lsa, hosil pishib yetilmaydi va shu sababli u asosiy omil hisoblanadi. Shamol ta’sirida o‘simlik qisman nobud bo‘lishi mumkin, lekin asosiy omil yetarli bo‘lsa, hosil pishib yetiladi. Agrometeorologik omillarni baholashda omillarning o‘rnini to‘ldirib bulmaslik qonuniga amal kilinadi (qarang Dehqonchilikning asosiy qonunlari).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil